Kristensenning maoshi "Chelsi"dagi yangi shartnoma bo'yicha haftasiga 120 ming funtgacha o'sadi

Alisher
22 sen 2021, 07:53
Himoyachi Andreas Kristensen Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati bilan muvaffaqiyatli muzokaralar o'tkazdi.

Daniyalik o'yinchiga bir mavsumga uzaytirish bandi bilan 2025 yilga qadar shartnoma taklif qilingan. Shuningdek, uning maoshi haftasiga 120 ming funtgacha o'sadi.

Bitim haqida tez orada rasmiy ma'lumot beriladi. Kristensenning "ko'klar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

25 yoshli futbolchi London jamoasida 2015 yilning iyulidan beri o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail