So’nggi yangiliklar

21:15"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  0 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  145 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   3 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  2 19:15Футзал бўйича ЖЧ. Украина – Бразилия (матнли трансляция  4 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  10 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  3 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  7 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  9 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  1 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7

Kosta-Rika - Greciya 1:1 (pen.5:3). MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Kosta-Rika - Greciya 1:1 (pen.5:3). MATNLI TRANSLYACIYA

Mundialning nimchorak finalidan o'rin olgan Kosta-Rika - Greciya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Kosta Rika - Greciya 1:1 (pen. 5:3)
30 iyun. 01:00
Bosh hakam
: Benjamin Uilyams (Avstraliya).
Yordamchi hakamlar
: Metyu Krim (Avstraliya), Xoqon Anaz (Avstraliya).
Zaxira hakami
: Navaf SHukralla (Bahrayn).

Gollar
: Ruiz (52), Papastatopulos (90).

Kosta-Rika
: Navas, Gamboa (Akosta, 77), Duarte, Gonsales, Umanya, Dias, Borjes, Texeda (Kubero, 66), Ruis, Bolanos (Brenes, 84), Kempbell.

Greciya
: Karnezis, Torosidis, Manolas, Xolebas, Samaris (Mitroglu, 58), Papastatopulos, Karagunis, Maniatis (Katsunaris, 78), Salpingidis (Gekas, 69), Samaras, Xristodulopulos.

Ogohlantirish
: Samaris (36), Duarte (43), Texeda (49), Granados (56), Ruiz (70), Manolas (73), Navas (89).

CHetlatish
: Duarte (68). 

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH




Kosta-Rika penaltilar seriyasida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi!

9 - To'p oldida Umana! Zarba va GOOOOOOOOOOL!!!! 5:3!!!

8 - To'p oldida Gekas! Zarba va NAVASSSS!!!! 4:3!

7 - To'p oldida Kempbell! Zarba va GOOOL! 4:3!

6 - To'p oldida CHolevas! Zarba va GOOOL! 3:3!

5 - To'p oldida Gonzalez! Zarba va GOOOL! 3:2!

4 - To'p oldida Lazaros! Zarba va GOOOL! 2:2!

3 - To'p oldida Ruiz! Zarba va GOOOL! 2:1!

2 - To'p oldida Mitroglu! Zarba va GOOOL! 1:1!

1 - To'p oldida Borges! Zarba va GOOOL! 1:0!

Birinchi bo'lib zarbani Kosta-Rika futbolchilari amalga oshirishadi.

Ko'p narsa Navas hamda Karnezis bog'liq.  Qaysi posbon mahorat ko'rsatarkin?

Buyog'i endi kuchli iroda va omadga bog'liq! Kim omadliroq chiqarkin?

ENDI NAVBAT PENALTILAR SERIYASIGA!

CHURRRRR-CHURRRRRRRRR-CHURRRRRRRRRRRRR! Asosiy vaqt hamda qo'shimcha taymlarda ham g'olib nomi aniqlanmadi!

120+1` MITROGLUUUUUUUUUU!! NAVASSSSSSSSSSSSSSSS! AJOYIB "SEYV"!!!!!!!!!

120` Qo'shimcha bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

120`
Standart vaziyati besamar yakunlandi. Lekin hali ham greklar hujumda.

120`
Greciyaning so'nggi imkoniyati. Burchak to'pi.

119`
Penaltilar seriyasigacha ozgina qoldi...

118`
Kosta-Rika ko'proq himoyalanishga majbur va ular penaltilar seriyasiga qarshi emaslarga o'xshamoqda. Greciya esa katta kuch bilan oldinga intilmoqda.

116`
Penaltilar seriyasini ko'rishga ishqibozlar bormi? Jamoalar yana besh daqiqa chidab berishsa, bizni qiziqarli "lotoreyalar" bahsi kutib turibdi.

114` Ehehey! Greciya qarshi hujumda harakat qildi. Olti kishiga qarshi ikki himoyachi! Lekin greklar ushbu imkoniyatdan foydalana olishmadi! Navas jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi! QOYIL!

112` Kempbell tovoni bilan darvozaga zarba bermoqchi bo'ldi, ammo o'xshamadi.

110`
Kosta-Rika birinchi qo'shimcha bo'limgiga nisbatan ikkinchisida biroz faolroq harakat qilmoqda.

109`
Navas bilan hammasi joyida, o'yin davom ettiriladi.

108`
Ajoyib pas! Gekas tomon etkazib berilgan pasga hujumchi etib kelolmadi. Navas to'pga birinchi bo'lib egalik qildi. Gekas esa Navasga biroz jarohat etkazishga ham ulgurdi.

106` So'nggi qo'shimcha taym boshlandi.

105` Qo'shimcha taymlar dastlabkisi tugadi.

104` UHHHHH! Kosta-Rika uyg'ondi!
Brenesning jarima maydonchasiga tashlab bergan to'piga jamoadoshi zarba bera olmadi. Xavfli tus olgandi...

102`
Kosta-Rika qo'shimcha taymlarda faqat himoyalanishmoqchimi? Greklar hozircha ularni o'z jarima maydonchasi ichiga qamab qo'ydi.

100`
Greklar burchak to'pi tepish bo'yicha rekord qo'yishmoqchi shekilli.

99`
Greciyaning navbatdagi hujumi.  Sokratisning zarbasi darvozagacha bormadi.

97`
Kosta-Rikaning o'yini umuman yo'qolib qoldi. Uchrashuvdagi tashabbus to'liq  greklar qo'lida.

95`
Lazarosning zarbasi xavfli, ammo juda noaniq.

93`
Greciyaning o'ng qanotdan amalga oshirgan hujumi xavfli ko'rinish oldi. Ammo Mitroglu to'pga etolmadi.

91` Qo'shimcha bo'limning dastlabki taymi boshlandi.

Jamoalar biroz dam olishadi va birozdan keyin qo'shimcha bo'lim boshlanadi.

90+5` Uchrashuvning asosiy vaqti tugadi! G'olib nomi aniqlanmadi. Demak qo'shimcha taymlar ko'ramiz...

90+4`
Navas jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

90+3` Mitrogluning zaaaarbaaaasiiii!!!!! NAVASSSS! AJOYIB!!!!!! Burchak to'pi...

90` Uchrashuvga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` Greciyadan dahshatli "kambek"!

90` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PAPASTATOPULOS!!!!!!!!! AJOYIBBBB! DAHHHSHATTTTT!!! Greciyaning hujumi o'ng qanotdan rivojlantirildi. Jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pni Samaras darvozaga yo'lladi. Lekin darvozabon qaytarib yubordi, qaytgan to'pni esa himoyachi Papastatopulos Sokratis darvozaga joylab qo'ydi!

89`
Navas ogohlantirildi.

88` Greciyaning xavfli hujumi! Lekin Gekas vaziyatdan unumli foydalana olmadi!

87`
Kosta-Rika greklar darvozasi oldida jarima to'pi ishlab olishdi. Lekin bundan samara chiqmadi.

86`
Vaqt o'tib bormoqda. Greciya imkon qadar vaziyatni o'nglashga harakat qilishmoqda. Lekin tan olish kerak, hozircha greklar tarkibida to'p kirita oladigan futbolchi ko'rinmapti...

84`
Kosta-Rikada o'zgarish. Bolanos o'rniga Brenes tushirildi.

82`
Greciya son-sanoqsiz jarima to'plari va burchak zarbalarini amalga oshirmoqda. Lekin hech biri naf chiqara olishmayapti. Hujum chizig'ida greklar anchagina sust harakatlanishmoqda.

80`
Karagunisning jarimadan tepgan zarbasi juda noaniq ketdi.

78`
Greciya tarkibida so'nggi o'zgarish. Maniatis o'rniga Katsunaris tushirildi.

77`
Kosta-Rikada o'zgarish. Gamboa o'rniga Akosta tushmoqda.

76`
CHolevasning qanotdan etkazib bergan to'pini Gekas darvozaga yo'llay olmadi. Ancha xavfli tus olgan hujum  besamar yakunlandi.

74`
Akciya davom etadi! Manolas bu safar ogohlantirish oldi.

72` Greciyaning xavfli hujumi!!!!!!!! Qanotdan uzatilgan to'pni Kosta-Rika posboni Navas qo'lidan chiqarib yubordi. Lekin Samaras bu "sovg'a"ni kutmagan edi...

70`
Benjamin Uilyams kartochkalar seriyasini boshlab yubordi. Ruizga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

69`
Greciya tarkibida yana o'zgarish. Salpingidis o'rniga Gekas maydonga tushdi.

68` Assalomu-aleykum! Duartega qizil kartochka!  Kosta-Rika buyog'iga bir kishi kam bo'lib o'yinni davom ettiradi.

66`
Kosta-Rika tarkibida o'zgarish. Elcin o'rniga Kubero tushdi.

63`
Greciya ustozi hamda futbolchilari bosh hakamga ko'p etiroz bildirishmoqda.

60`
Greciya jamoasi to'pni Kosta-Rikadan olib qo'ydi va pozicion hujum uyushtirmoqda.

58`
Samaris o'rniga Mitroglu tushdi. Greciya ikki hujumchi bilan harakatlanadi bundan buyog'iga.

56` Kosta-Rika zaxira o'rindig'ida o'tirgan Oskar Granados hakam tomonidan ogohlantirildi.

54` O'yin shiddati tezda oshdi. Kosta-Rika goldan ruhlanib hujumkorlikni yanada oshirdi.

52` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RUIZ! "Mana senga olam-olam gul, etagingga siqqanicha ol..." Kosta-Rika sardori Ruiz jarima maydonchasi oldidan tepgan to'pini Karnezis nigohlari bilan kuzatib qoldi... Ajoyib gol!


50`
Burchak to'pidan so'ng Papastatopulos boshi bilan darvozaga zarba berdi. Lekin noaniq.

49`
Texeda hakam tomonidan ogohlantirildi.

48`
Greciya faol. Jarima to'pidan kelgan to'pni Samaras boshi bilan darvozaga yo'lladi. Navas o'z o'rnida.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limda maqtalgan va maqtangan Kosta-Rikani ko'rmadik. Ikkinchi taymda vaziyat o'zgarar balki. Greciya hozircha raqibidan ko'ra yaxshiroq va hujumkor o'yin ko'rsatmoqda.

45+2` Birinchi taym tugadi! TANAFFUS!

45`
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44`
Karagunis tomonidan tepilgan to'pni Navas ushlab oldi.

43`
Duarte raqibiga nisbatan qoidani buzdi. Kosta-Rika jamoasi darvozasi tomon jarima to'pi va Duartega ogohlantirish.

42`
Qani bekor o'tirmasdan bugun uchrashuvda qanday natija qaydi etilishi va qaysi futbolchi bellashuvdagi ilk golni kiritishini topingchi...

40`
Nihoyat o'yindagi ilk xavfli hujum Greciya jamoasi tomonidan uyushtirildi.

38` UHHHHHHHHHHHHHHH! XAVFLI VAZIYAT! Kolebasning qanotdan etkazib bergan to'pini Salpingidis darvozaga yo'lladi, ammo Navas oyoqlari bilan to'pni qaytarib qoldi. Ajoyib hujum va chiroyli "seyv"!

36`
Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish. Greciya yarim himoyachisi Samaris qo'pol harakati uchun munosib jazolandi.

34`
Italiya va Angliya kabi jamolarni guruhda qoldirib ketgan Kosta-Rikani hozircha ko'rmayapmiz. Ularning shiddatli o'yinlari ham "D" guruhida qolib ketmaganmikin...?

32`
Xavfli vaziyatlarsiz o'tayotgan o'yin.

30`
Greciyaning navbati hujumi paytida Samaras o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

28`
Karagunisning uzoqdan yo'llagan zarbasini Navas ushlab oldi.

26`
Greciya navbatdagi burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin bu ham besamar yakunlandi.

25`
Greciya hujum chizig'ida Samaras to'p kutib o'tiribdi. Kosta-Rika himoyachilari hozircha unga imkon berishmayapti.

23`
Kosta-Rika amalga oshirgan jarima zarbasi samarasiz yakunlandi. Yangi hujum tashkil etilmoqda.

22`
Kempbellga qarshi o'yin qoidasi buzildi. Jarima to'pi.

20`
Futbol zerikarli kechmoqda. Aksiga olib "yuzerlar" ham futbolni qo'yib, choyxona taraddudiga o'tib ketishmoqda... Nima ham derdik, o'zbekchilikda...)

18`
O'yin tempi Oliy liga darajasidan biroz yuqoriroq.

Bu qizoygina Kosta-Rika muxlisasimi yoki Kostanimi?

15`
Greciya burchak to'pini amalga oshirdi. Papastatopulosning boshi bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

13`
Televizor orqali Kosta-Rikalik muxlisalarni ko'rsatishdi. Ular Sizlarga "salom" yo'llashdi...

11`
To'p nazorati Kosta-Rika jamoasiga o'tdi. Lekin o'tkir hujumlar kuzatilmayapti.

9`
Kosta-Rika faollashdi. Ruizdan to'pni qabul qilib olgan Bolanosning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

7`
Greciya himoyachisining qo'pol xatosini greklar sardori Karagunis to'g'irladi va xavfni bartaraf etdi. Haqiqiy sardor ana shu paytda bilinadi...

5`
Gamboaning uzoqdan Karnezis darvozasi tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

4`
To'p greklarda. Kosta-Rika hozircha hujumga o'tgani yo'q.

3`
Greklar dastlabki daqiqalardanoq jarima to'pini amalga oshirdi. Lekin bundan hech qanday naf chiqmadi.

2` Greciyadan "avtobus"dek og'ir emas, samolyotdek tezkor o'yin kutamiz...

1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Qani kettik dermidi...

Bugungi o'yinni avstraliyalik Benjamin Uilyams boshqarib boradi.

Ananaga muvofiq har ikkala jamoalar davlat madhiyalari jaranglab o'tdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda

Kosta-Rika muxlislari ham o'yinga shaylar...

Kechki ovqatga "grechka" tanovul qilmadingizmi? Unda mayli, hozircha haqiqiy "grechka"ning suratini ko'ring...

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Kosta-Rika - Greciya o'rtasidagi bellashuv boshlanishiga juda oz vaqt qolmoqda. Yana bir necha soatdan so'ng mundialni yana bir jamoa rasman etadi. Sizlar bilan yaqin ikki soatda SHahboz Beg'amov bo'ladi. Jamoalardan chiroyli va mazmunli o'yin kutib qolamiz!

- O'yin soat 01:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика