So’nggi yangiliklar

16:21Рафинья: "Агар Флик келмаганида, мен "Барса"дан кетган бўлардим. У ҳаммасини ўзгартирди"  0 15:53Расман: Балотелли "Ал Иттифоқ" билан шартнома имзолади  3 15:25Салоҳ: "Миср терма жамоасидаги шерикларим билан бирга ўйнаш имкониятидан жуда бахтиёрман"  0 14:58"Динамо" назорат баҳсида "Хоразм" устидан ғалабага эришди  5 14:36Хаби Алонcони "Реал"да нималар кутаётгани маълум бўлди  5 14:09"Ливерпуль" футболчисини мавсум охиригача йўқотди  2 13:42МЮ Англия Кубогидан чиқиб кетди, "Интер" ва "Наполи" муроса кўчасини танлади, Эндрик Францияда ғалаба голидан бошлади  1 13:15Бугунги ўйинлар: Роналду "Ал Насср" билан "Ал Ҳилол" майдонида, "Ювентус" ҳамда "Ливерпуль" эса уйда ва бошқалар  0 12:50"Арсенал" ён чизиқдан тўп ташлаш бўйича машҳур мураббийни таклиф қилди  2 12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  5 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  5 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  9 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  5

Kosonsoyda taraddud davom etmoqda... Yangiliklar

Kosonsoyda taraddud davom etmoqda...

Sizga yaxshi malumki, “Kosonsoy” jamoasi ayni kunlarda mamlakat birinchiligiga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

To'g'ri ayrim sabalarga ko'ra jamoamiz O'zbekiston kubogi musobaqasida ishtirok etmagan bo'lsada aprel oyining dastlabki haftasida boshlanajak 1-liga turniriga tayyorgarlik jarayonini o'tkazmoqda. Hozirda jamoamiz mahalliy futbolchilar bilan birga bir qator tajribali futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Xususan, Sardor Telyakov, Davron Isoqov, Sardor Asqarov, Muhammad Rasulov, Murod Xolmonov  kabi o'nlab tajribali futbolchilar ham jamoamiz safida ko'rikdan o'tishmoqda. Futbolchilarimizni ayni kunlarda Abdulvosit Azizov, Mehmon Solixo'jaev,  SHuhart Bozorov va Olimxon Tursunxo'jaevdan iborat murabbiylar shtabi shug'ullantirib turishmoqda.

Klubimizga tegishli bo'lgan “Markaziy” o'yingoh joriy tamirdan chiqarildi va yangi mavsumga shay holatga keltirildi.

Aytgancha, o'tgan yilgi tarkibdan Aziz Matkarimov, Sardor Sotiboldiev, Abdurazzoq Jo'raevlar “Cementchi”da, Islom Imoilov “Obod”da, Azizbek Mamazoitov va Mirg'ofur Abdulboqievlar “Navbahor”da o'z faoliyatlarini davom ettirishadigan bo'lishdi. O'z navbatida biz ularga omad tilab qolamiz...

SHu o'rinda aytish joizki jamoamiz ayni kunga kelib PFL azolik badalidan mavjud bo'lgan qarzdorlikga barham bergan va bu boradagi turli mish-mishlarga o'rin qolmadi.

SHunday ekan, muxlislarimiz joriy mavsumda ham sevimli jamoamizdan chiroyli va  mazmunli futbol kutib qolishadi. Eslatib o'tamiz, “Kosonsoy” dastlabki 2 uchrashuvni safarda, aniqrog'i Buxorada (“Nurafshon” va “G'ijduvon”) o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика