"Dinamo" nazorat bahsida "Xorazm" ustidan g'alabaga erishdi
12 jan 14:58
Yangiliklar
"Dinamo" nazorat bahsida "Xorazm" ustidan g'alabaga erishdi
Jamoalar tanaffusga durang hisob bilan chiqishdi – 0:0.
Ikkinchi bo'limda esa Vadim Abramov boshqa tarkibni sinab ko'rdi va 50-daqiqada ko'rikda bo'lgan bolgariyalik 24 yoshli vinger Georgiy Babalievning uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmadov hisobni ochdi — 1:0.
57-daqiqada Babalievning o'zi kuchli zarbasi bilan chiroyli golga mualliflik qildi – 2:0.
84-daqiqaga kelib, urganchliklar Danila Ejovning goli bilan hisobni qisqartirdi – 2:1.
90-daqiqada esa Babaliev boshlagan hujumdan keyin Mirahmadovning darvozaga bosh bilan yo'llagan zarbasi to'singa tegdi, qaytgan to'pni Xalilov darvozaga yo'lladi – 3:1.
Nazorat uchrashuvi. 12 yanvar
"Dinamo" – "Xorazm" 3:1
Odil Junior suniy maydoni
Gollar: Mirjahon Mirahmadov 50, Georgiy Babaliev 56, Xislat Xalilov 90 – Danila Ejov 84.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Nurullo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.
2-bo'limdagi tarkib: Edem Nemanov, Artyom Kolobov, Jaloliddin Jumaboev (Sanjar Qodirqulov, 76), Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, Georgiy Babaliev, Fozil Zokirov, Oybek Hamroqulov, Xislat Xalilov, Firdavs Abdurahmonov (Abdulahad Hoshimov, 70), Behruzbek Obloqulov, Mirjahon Mirahmadov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar
У́збек футболи ва Пахтакор жамоасини мухлисларини табриклайман . Манчестер Сити / Пахтакор (Тошкент ) 1:2 галаба муборак . Пахтакор мактаби боллари Манчестер Сити болларини ютди .