"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ni mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi
12 jan 02:05
Yangiliklar
"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ni mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi
Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Barselona" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.
Rafinya 36-daqiqada gol urib, hisobni ochdi. Vinisius Junior bunga 45+2 daqiqadagi ajoyib goli bilan javob qaytardi. Ammo, ikki daqiqa o'tar o'tmas, aniqrog'i 45+4 daqiqada Robert Levandovski kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. “Barsa” tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketishga yaqin edi, ammo Gonsalo Garsiya 45+7 daqiqada hisobni tenglashtirdi. O'yindagi hal qiluvchi golni 73-daqiqada Rafinya Kurtua qo'riqlayotgan darvozaga kiritdi. Qayd etish kerakki, 90+1 daqiqada Frenki de Yong maydondan chetlatildi.
Yakunda “Barselona” “Real”ni mag'lub etib, Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.






O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar
Олға БАРСА!! Давом эттириш керак..
Решфорд, Ямао ОУТ!! Жонга тегди.
Ғалаба муборак. 2та сейқ..
Кинг Рафиня +ГАРСИЯ.
Олға БАРСА!!
Галаба муборак булсин!!!