"Nasaf" Samarqandda "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026, 21:08
Superliga 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Nasaf" uchrashuvi .

Superliga

2-tur

"So'g'diyona" – "Nasaf" 0:2 

Gol: 15 - Oybek Rustamov, 22 - Sharof Muhitdinov (Zafarmurod Abdiraxmatov)

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin 

Zahira hakami: Sanjar Nazarov 

Nazoratchi: Marat Ismoilov 

VAR: Doston Rahmonov 

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov 

Komissar: Shohruh Said 

"So'g'diyona": 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Otabek Ahadov, 7.Aleksandr Bolevich (13.Filip Ivanovich,87), 8.Suhrob Izzatov (20.Fazliddin Omonkeldiev,80), 9.Feysal Mulich, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (17.Ollabergan Karimov, 60), 14.Lyupcho Doriev, 32.Nodirjon Soyibov, 70.Jasurbek Jaloliddinov ( 30.Muhammadayub Omonov,60), 77.Oybek Nurmatov.

Zaxira: 1.Shohruh Isoqov,   29.Amirbek Saidov, 42.Sardorbek Erkinov, 47.Abduazim Ortiqov.

"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala (76.Zafar Sadullaev,90), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (22.Diyor Abdunazarov,90), 10.Bobir Abdixoliqov (80.Davron Usmonov,79), 14.Sharof Muhitdinov (4.Akramjon Komilov, 90), 15.Oybek Rustamov (99.Kingsli Sokari.79), 17.Murod Rahmatov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 20.Yusuf Otubanjo,  27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonch Xushvaqtov,   

Golga aylanmagan penalti: 74 - Lyupcho Doriev

Ogohlantirish: 33 - Adenis Shala, 71 - Sardor Bahromov



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+1. Komilov va Abdunazarov maydonga tushdi, ular Muhitdinov va Abdurahmatovni alishtirdi

Hakam 2-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

80. Suxrob Izzatov o'rniga Fazliddin Omonkeldiev tushirildi

79. Rustamov va Abduxoliqov uchun uchrashuv yakunlandi. Ularning o'rniga Usmonov va Sokari maydonga  tushdi

74. Doriev penaltidan foydalana olmadi. Bu vaziyatda Ne'matov Lupchoni mag'lub etdi

72. Suhrob Izzatov yiqitildi va hakam ikkilanmasdan penalti belgiladi

71. Bahromov hakam tomonidan ogohlantirildi

63. Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

60. Karimov va Omonov maydonga tushdi, ular Jo'raqo'ziev va Jaloliddinovni alishtirdi

59. Feysal Mulichning uzoqdan yo'llagan jarima zarbasi juda uzoqlarga ketdi

57. Muhitdinovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Ahadov qaytarmoqda

53. Aleksandr Bolevichning  zarbasi himoyachiga tegib, tezligi pastlagan holda darvozaga bordi. Bu to'pni esa Ne'matov qiyinchiliksiz ushlab oldi

49. Abdixoliqovning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berdi

42. Risqullaevning o'zi manitorga bordi va Feysal Mulich Davronovga qarshi tirsak ishlatmagan deb topdi

40. Hakam VARni tinglamoqda. Mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishi mumkin

33. Ogohlantirish. Uchrashuvdagi ilk sariqni ham mehmonlar olishdi. Bu sariq muallifi "ajdarlar" yarim himoyachisi Shala bo'ldi

27. Hozircha ustunlik to'liq mehmonlarga o'tib ketdi. Navbatdagi hujumda Rahmatovning zarbasi himoyachilarga tegmoqda

22. GOOOL. Zafarmurodning ajoyib uzatmasidan so'ng Muhitdinov raqib maydonchasiga kirmasdan zarba yo'lladi, bu yerda ham mezbonlar darvozaboni zarbani to'xtata olmadi

17. Jasur Jaloliddinovning yana bir zarbasi noaniq ketdi

15. GOOOOL. Rustamov hisobni ochmoqda. Qizig'i Oybekning o'zi maydon markazida raqibdan to'pni olib qo'ydi va bemalol raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi. Bu zarba oldida raqib darvozaboni ojiz qoldi

12. Jasur Jaloliddinov raqibdan yaxshi o'tdi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi

11. Hozircha uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda. Har ikki jamoa hujum qilishda qiyinchilikka uchramoqda

Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia