Fati "Real" safida debyut qilishi mumkin
06 mar 16:57
Yangiliklar
Fati "Real" safida debyut qilishi mumkin
Bu haqda "Marca" xabar berdi.
19 yoshli himoyachi boshlang'ich tarkibdagi futbolchilarning katta qismi yo'qligi sabab ertangi "Selta"ga qarshi o'yin uchun yoshlar jamoasidan chaqirilgan.

Lamini Fati 2024 yilning dekabridan buyon "Real"ning zaxira jamoasida o'ynab kelmoqda. U "Leganes"dan 120 ming evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
So'nggi paytlarda madridliklarda kadrlar bilan bog'liq vaziyat og'ir: jarohat va diskvalifikaciya sabab "Selta"ga qarshi bahsni birdaniga 10 nafar futbolchi o'tkazib yuborishi mumkin. Jarohat olganlar — Rodrigo, Alaba, Asensio, Mbappe, Bellingem, Militao, Sebalos. Diskvalifikaciya qilinganlar — Xyoysen, Karreras va Mastantuono.
La Liganing 27-turidan joy olgan "Selta" – "Real" uchrashuvi 7 martga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar