So’nggi yangiliklar

01:10Онаси футболчи бўлган, жинсий зўравонлик сабабли қамалган, муҳтожларни қўллайдиган "Динамо"нинг янги легионери билан танишамиз  0 00:47"Орзуим — "Реал"ни бошқариш". Эрик Шель Мадрид тарихига кирмоқчи  3 00:15Назорат баҳси. "Сурхон" - "Шинник" 0:2  0 00:00Элит ОЧЛ. Бугунги барча ўйинларда дуранг қайд этилди  0 23:39"Майдондаги ягона нопрофессионал — ҳакам!" Спаллетти "Лацио" билан ўйиндан сўнг портлади  0 23:16Карвахаль ва Арбелоа ўртасида зиддият борми?  0 22:41Роналду машғулотларга қайтди! У Туркманистонга учадими?  7 22:30Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи бўлимда ўзимизни кўрсата олмадик"  12 22:10Салоҳ учун космик маош! Саудияликлар "Миср қиролини" Роналдунинг ўрнига тайёрламоқда  6 21:45"Барселона" мавсум сўнгигача қарзларидан қутула оладими?  10 21:36"Қўқон-1912" Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  2 20:50Ҳусниддин Алиқулов: Янги шартнома ва оғир жароҳат  12 20:40Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди  81 20:24Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-20 - Хитой U-20 1:1  0 19:57ОКМК Қозоғистон жамоасини мағлубиятга учратди  0

Saloh: "Misr terma jamoasidagi sheriklarim bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda baxtiyorman" Yangiliklar

Saloh: "Misr terma jamoasidagi sheriklarim bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda baxtiyorman"

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Afrika Millatlari Kubogining chorak finalida Kot-d'Ivuarga qarshi o'yinda (3:2) qo'lga kiritilgan g'alabani izohladi.

"Men bu yigitlar bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda baxtiyorman. Biz har doim misrlik muxlislarga xursandchilik ulashishni istaymiz va shunday ruh bilan istalgan o'yinda g'alaba qozonish mumkinligiga ishonamiz. Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. Oldingi safar ivuariylar Afrika Kubogini o'z uyida yutib olgandi. Bugun ham ular chempionlardek o'ynadi. Biroq biz barcha kuchimizni berdik

Keyingi bosqichga chiqqanimizdan juda xursandman. Men har doim jamoam uchun borimni berib o'ynayman. Katta maqsadlarga erishishimiz uchun tajribam ishga solishga harakat qilaman. Hamisha sheriklarimga shunday deyman: maydonga chiqing va birinchi daqiqadanoq bor kuchingizni bering. Bu juda muhim — shunda keyin afsuslanishga o'rin qolmaydi", – dedi 33 yoshli futbolchi.

Saloh Misr – Kot-d'Ivuar o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U g'alaba golini urdi. Uning jamoasi Afrika Kubogi yarim finalida Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
12 jan 18:13:13
Akbar Umarov
Finalissimoda Marokash bilan Misr o'ynasalar keragov
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика