"Liverpul" futbolchisini mavsum oxirigacha yo'qotdi
12 jan 14:09
Yangiliklar
"Liverpul" futbolchisini mavsum oxirigacha yo'qotdi
"Liverpul" klubi rasmiy sayti o'ng qanot himoyachisi Konor Bredlining jiddiy jarohat olganini malum qildi.
22 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi uchrashuv so'nggi daqiqalarida jarohat olgandi.
Klub bayonotiga ko'ra, yaqin kunlarda Bredli jarrohlik amaliyotini o'taydi, shundan so'ng "qizillar"ning mashg'ulot markazida tiklanish jarayonini boshlaydi. Hozircha uning maydonga qachon qaytishi bo'yicha aniq muddat aytilmagan.

"Sky Sports" malumotlariga qaraganda, himoyachi joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Konor Bredli joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Liverpul" bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar