So’nggi yangiliklar

01:10Онаси футболчи бўлган, жинсий зўравонлик сабабли қамалган, муҳтожларни қўллайдиган "Динамо"нинг янги легионери билан танишамиз  0 00:47"Орзуим — "Реал"ни бошқариш". Эрик Шель Мадрид тарихига кирмоқчи  4 00:15Назорат баҳси. "Сурхон" - "Шинник" 0:2  0 00:00Элит ОЧЛ. Бугунги барча ўйинларда дуранг қайд этилди  0 23:39"Майдондаги ягона нопрофессионал — ҳакам!" Спаллетти "Лацио" билан ўйиндан сўнг портлади  0 23:16Карвахаль ва Арбелоа ўртасида зиддият борми?  0 22:41Роналду машғулотларга қайтди! У Туркманистонга учадими?  8 22:30Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи бўлимда ўзимизни кўрсата олмадик"  12 22:10Салоҳ учун космик маош! Саудияликлар "Миср қиролини" Роналдунинг ўрнига тайёрламоқда  6 21:45"Барселона" мавсум сўнгигача қарзларидан қутула оладими?  10 21:36"Қўқон-1912" Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  2 20:50Ҳусниддин Алиқулов: Янги шартнома ва оғир жароҳат  12 20:40Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди  81 20:24Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-20 - Хитой U-20 1:1  0 19:57ОКМК Қозоғистон жамоасини мағлубиятга учратди  0

Rafinya: "Agar Flik kelmaganida, men "Barsa"dan ketgan bo'lardim. U hammasini o'zgartirdi" Yangiliklar

Rafinya: "Agar Flik kelmaganida, men "Barsa"dan ketgan bo'lardim. U hammasini o'zgartirdi"

"Barselona" vingeri Rafinya Ispaniya Superkubogining 2026 yilgi finalida "Real" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan (3:2) keyin fikrini bildirdi.

"Bu mavsumdagi eng yaxshi onlarimmi? Men hech qachon buni eng yaxshi onlarim deb aytmasdim, chunki o'zimga nisbatan talabchan insonman. Ayta oladiganim shuki, men har doim jamoa uchun bor kuchimni berishga intilganman — himoyada ham, hujumda ham yordam berishga va qo'limdan kelgan barcha narsani qilishga harakat qilaman.

Jamoamizda ko'plab yosh futbolchilar bor… Shunaqa fikrlash va doim g'alabaga intilish — klub uchun juda muhim. Biz sovrinlar uchun kurashamiz. Sen bu futbolkani kiygan ekansan, asosiy maqsading sovrinlarni qo'lga kiritish bo'lishi kerak… Biz buni yaxshi uddalayapmiz.

Bugungi kunda eng muhimi — jamoa ikkinchi taymga to'liq jamlangan holda qaytgani... Biz qilishimiz kerak bo'lgan ishni bajardik. Agar Xansi Flik kelmaganida, men "Barsa"dan ketgan bo'lardim. U hammasini o'zgartirdi. U menga muhim futbolchi bo'lishimni aytdi. Futbolchiga aynan shu kerak — ishonch", – dedi 29 yoshli braziliyalik futbolchi.

"Real"ga qarshi o'yinda Rafinya dubl qayd etdi, jumladan g'alaba golini ham urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Reyting: +8   

Fikrlar

   
12 jan 22:12:22
leva8989
Barsa tarkibida Rafinya bo'lsa ko'ngil to'q,darvozabon Garsiya ham zo'r turyapti
   
12 jan 19:28:04
leva 8989
Flik bo'lmaganda haliyam yevropa ligasida yurardilar
   
12 jan 18:40:39
Faxriddin Aliyev
Tan olishi kerak flik kelmasdan oldin rafiniya barcani eng yomon oʻyinchisi boʻlip turgandi
   
12 jan 18:09:09
Akbar Umarov
Rafinyani O'zbekistonlik xuddi kopiya qiyofadoshi bor ekan. Instagramda Qora bola deb yozinglar ko'rasizlar
   
12 jan 17:36:02
ABDUSALOM ZHURAEV
Рафинья ўзи неча ёшда? - деб, ўйлаганларга админ ўз услубида жавоб бериб кетибди;)
   
12 jan 17:18:44
Abdusalom Mirzayev
Реал зудлик билан Абдуқодирни сотиб олиши керак
   
12 jan 17:09:23
Botirjon Meyliyev 17
Rafaga Oltin to’p berishmadi ? hech qsi yoq bu bolani o’zi Oltinga teng butun muxlislar ko’rdi kim nimaga arzishini Rafa hoz liderlik chixatda Yevropada eng zo’rlaridan juda muxum pallalarda juda muxum gollarni uradi e shu bola ko’z tegmasin ,, Xindu ‘’ boshida jaroxat pand berdi ana endi yo’liga tushvoldi Rafa
   
12 jan 17:02:20
BAB
Дембеле Рафиньяга халақит бераётган эди. Дембеле кетди энди иккаласи ҳам хурсанд.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика