So’nggi yangiliklar

19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  3 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  1 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0 18:28Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари ФИФА кунларида қайси жамоаларга қарши ўйнайди?  2 18:00ФИФА Нигериянинг эътирозини рад этди. Конго ДР Ўзбекистон билан бир гуруҳдан ўрин олиш учун курашади  1 17:47"Манчестер Юнайтед" ҳакамлик устидан шикоят киритмоқчи  2 17:27Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"  13 16:59Меҳмон стадионда мезбон: "Сўғдиёна" - "Пахтакор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:51АПЛ. "Брайтон" - "Ливерпуль" учрашуви асосий таркиблари маълум қилинди  6 16:29Габон термасининг Тошкент йиғини учун таркиби маълум қилинди  3 15:59Сўнгги дақиқадаги супергол, "Насаф"га қарши қуруқ ўйин ва бошқалар - Суперлигада 4-тур лауреатлари  4 15:40Тринидад ва Тобаго термасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум қилинди  6 15:09Ўзбекистон терма жамоасининг март ойидаги йиғин учун таркиби эълон қилинди. Унда янги номлар ҳам бор  35 14:58Жейми Каррагер: "Артета Моуриньюга ўхшаб бормоқда"  8 14:28Ираола: "Биз ғалабага яқинроқ эдик"  0

Palmer Brunu Fernandeshga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda Yangiliklar

Palmer Brunu Fernandeshga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda

"Manchester Yunayted" rahbariyati "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerning ehtimoliy transferi bo'yicha ichki maslahatlashuvlarni boshladi.

Xabar berishlaricha, ingliz xavbekining ismi mankunianlar klubi ichidagi muhokamalarda tobora ko'proq tilga olinmoqda.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 21 yoshli futbolchini Brunu Fernandeshga o'rinbosar bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy variantlardan biri sifatida o'rganmoqda. Portugaliyalik futbolchining "Old Trafford"dagi kelajagi hozircha noaniq bo'lib qolmoqda va klub uning ehtimoliy ketishi holati uchun turli scenariylarni tayyorlamoqda.

Qizig'i shundaki, "Chelsi" ham jiddiy taklif tushgan taqdirda Palmerni sotish ehtimolini istisno qilmayapti. Londonliklar yarim himoyachining shartnomasi 2033 yilning yozigacha amal qilishini hisobga olgan holda ham variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.

Palmer joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 o'yin o'tkazib, 4 ta gol muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, uning taxminiy transfer qiymati 120 mln evro deb baholanmoqda, bu esa ehtimoliy bitimni transfer bozoridagi eng shov-shuvli kelishuvlardan biriga aylantiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
12 jan 19:04:57
{ CHELSEA }
Sotvoraveramiz yaxshi summa taklif qilsa...
   
12 jan 14:04:53
Sho‘rchidan
Shahzod Sayfullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Palmerni City yetishtirdi dostim Chelsi emas u ham tayyorga ayyor sotib oldi.Hozirgi futbolda yetishtirib chiqarish top jamoalrdan faqat Barsada qoldi manimcha qolgan hamma faqat pul sarflash bilan ovvora
Sitida asosiy tarkibga kirmadi. Yarq etgan o‘yini yo‘q sitida Palmerni. Chelsi imkon berdi va ko‘pchilik Palmerni chelsida tanidi. Demoqchi bo‘ganim jamoalar bir birini asosiy futbolchilarini poylab o‘tirishadi. Xuddiki yangi istedodlar yo‘qday. Hech bo‘masa mana O‘zbekistonga kesa bo‘ladi-ku. Babayandan so‘rasa topib beradi, hohlagancha)). Hazil albatta. Yo‘q lekin talantlar har yerda bor.
   
12 jan 13:25:08
Serdar Serdar
Челси бериб қўймаса керак.
   
12 jan 13:13:58
Sho‘rchidan
Apl da, umuman hozirgi futbolda shunday holat ko‘payib ketdi. Nahotki yangi futbolchilarni kashf qilish shunchalik qiyinmi? Ilgari juda kam bo‘lardi bunday narsalar. Palmer chelsida yetishib kelyapti. Ilgari misol uchun MYu yoki Arsenal Lempard yoki Drogbaga osilmasdi. O‘zi yangi yulduz chiqarardi. Kam bo‘lardi ishqilib
   
12 jan 12:47:30
1 1
Зўр бўларди шу бола МЮга ўтса
-1   
12 jan 13:50:43
Shahzod Sayfullayev
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Apl da, umuman hozirgi futbolda shunday holat ko‘payib ketdi. Nahotki yangi futbolchilarni kashf qilish shunchalik qiyinmi? Ilgari juda kam bo‘lardi bunday narsalar. Palmer chelsida yetishib kelyapti. Ilgari misol uchun MYu yoki Arsenal Lempard yoki Drogbaga osilmasdi. O‘zi yangi yulduz chiqarardi. Kam bo‘lardi ishqilib
Palmerni City yetishtirdi dostim Chelsi emas u ham tayyorga ayyor sotib oldi.Hozirgi futbolda yetishtirib chiqarish top jamoalrdan faqat Barsada qoldi manimcha qolgan hamma faqat pul sarflash bilan ovvora
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика