Koronavirus sababli JAR klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazishdan bosh tortdi. Turnir yana Osiyoda bo'lishi kutilmoqda
05 okt 2021 13:50
Yangiliklar
Koronavirus sababli JAR klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazishdan bosh tortdi. Turnir yana Osiyoda bo'lishi kutilmoqda
JAR davlati mamlakatda koronavirus tarqalishi jadalligi va odamlarning emlanishi sustligi sababli klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazishdan bosh tortdi.
Mahalliy matbuotning xabariga ko'ra, turnirni o'tkazish uchun JAR aholisining kamida 70 foizi vakcina qilingan bo'lishi kerak. Hozirda bu natija 33 foizni tashkil qilmoqda.
Qayd etish kerak, JAR davlati Buyuk Britaniyaning "qizil ro'yxati"da bo'lib turibdi. U erdan biror inson ayni damda ushbu davlatga tashrif buyura olmaydi.
Bunga qadar koronavirus sababli Yaponiya davlati ham turnirni qabul qilishni istamagandi. SHu orqali klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazish uchun yagona davogar BAA davlati bo'lib qolmoqda.
O'tgan safargi turnir 2021 yil fevralida Qatarda tashkillashtirilgan va unda "Bavariya" finalda Meksikaning "Tigres" jamoasini mag'lub etgandi.
O’xshash yangiliklar
13:03
Timur Kapadze: "Birgalikda kuchli bo'lib kerakli natijani qo'lga kiritamiz, boshqa yo'limiz yo'q" 115
Fikrlar