Koronavirus sabab "Yuventus" akciyalari 21%ga, MYUniki esa 11%ga tushdi
02 apr 2020 16:10
Yangiliklar


Koronavirus sabab "Yuventus" akciyalari 21%ga, MYUniki esa 11%ga tushdi
O'z akciyalarini xalqaro birjalarga qo'ygan Evropa klublari koronavirus tufayli kelib chiqayotgan inqiroz tufayli muammolarga duch kelishmoqda.
Mart oyida "Yuventus" akciyalari 21,16%ga tushib ketdi. Ammo, klubning o'yinchilar maoshini tushirish borasidagi qarori bu tasirni sal bo'lsa ham kamaytirdi.
"Manchester Yunayted" ham bu borada katta zarar ko'rdi. "Qizil iblislar"ning akciyalari 11,06%ga tushib ketgan.
Bundesligada Dortmundning "Borussiya" klubi ham katta muammolarga duch keldi. "Arilar"ning akciyalari narxi 36,76%ga sho'ng'idi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar