Koronavirus. Navbat ota-bola Maldinilarga
22 mar 2020 01:13
Yangiliklar


Koronavirus. Navbat ota-bola Maldinilarga
"Milan" klubi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan ota-bola (Paolo va Daniel Maldini) COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgan.
"Rossonerilar" rasmiy saytida takidlanishicha, dastlab Paolo koronavirusga uchragan odam bilan aloqada bo'lgan va unda kasallik alomatlari ko'zga tashlana boshlagan. Virus uchun topshirilgan tahlil natijalari "Milan" afsonasi va uning klubdagi faoliyatini endigina boshlagan 18 yoshli o'g'lida infekciya borligini tasdiqlagan.
Eslatib o'tamiz, Italiya bugungi kunda koronavirus pandemiyasining jahondagi o'chog'iga aylangan. Biroz avval Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Paolo Dibala ham virus bilan og'rigani malum qilingandi.
Yomon xabar. Paulo Dibala koronavirusga chalindi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar