

"Shuni ma'lum qilmoqchimanki, Oriana (futbolchining qiz o'rtog'i) bilan koronavirus uchun test topshirgandik, natijalar ijobiy chiqdi.
Shukrki, biz o'zimizni yaxshi his qilyapmiz", – deb yozdi Dibala o'zining instagramdagi sahifasida.
Ma'lumot uchun, Dibala "keksa sinora"ning infekciyaga chalingan 3-futbolchiga aylandi. Bunga qadar Blez Matyuidi va Daniele Ruganilar virusdan zararlangandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Venesuelaning "El Nacional" nashri Pauloda koronavirus aniqlangani haqida yozgan, biroq, futbolchining o'zi bu ma'lumotni rad qilgan edi.



