MYU va "Yuventus" kurashayotgan futbolchini "Manchester Siti" ilib ketishi mumkin

11 apr 2026, 00:15
"Sporting" xavbeki Morten Yulmandga "Manchester Siti"ning qiziqishlari kuchaydi.

"A Bola" nashri ma'lumotiga ko'ra, navbatdagi transferlar oynasi vaqtida "shaharliklar" ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy qadam tashlamoqchi.

Hozirda Yulmand uchun "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kurash olib bormoqda. "Siti" esa hozircha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralarga kirishmagan bo'lsa-da, keyinchalik qanday yo'l tutishni bilib bormoqda. "Sporting" futbolchisining tovon pulini 80 million evro qilib belgilagan bo'lsa ham uni 40-50 million evroga sotishga tayyor turibdi.

Yulmand ushbu mavsumda Portugaliya chempionatining 24 o'yinida qatnashib, 2 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola