So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Konkurs natijalari: Faqat bir kishi "Lokomotiv"ning tarkibini to'g'ri topibdi Yangiliklar

Konkurs natijalari: Faqat bir kishi "Lokomotiv"ning tarkibini to'g'ri topibdi

Toshkent, 14 aprel - Saytimiz orqali "Lokomotiv"ning "Bunyodkor"ga qarshi asosiy tarkibini toping va "Al Hilol" bilan o'yinga ikkita chipta yutib oling mazmunida muxlislar uchun konkurs elon qilgandik.
Xabaringiz bor, kecha o'yin bo'lib o'tdi va bunda "Lokomotiv" "Bunyodkor"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Rasmiy saytimizga konkurs shartlarini elon qilganimizdan so'ng yaqin ikki kun ichida elektron pochtamizga 80ga yaqin xat kelib tushdi. "Lokomotiv"ning boshlang'ich tarkibini topishga uringanlar talaygina. Qizig'i shundaki, bazilar o'z variantini jo'natayotib 11talik orasida Fozil Musaev, Artyom Filiposyan kabi futbolchilarni ham qo'shgan. To'g'ri, bu o'yinchilar oldin "Loko"da o'ynagan, lekin hozir emas.

Demak, kechagi bahsda Vadim Abramovning boshlang'ich tarkibi quyidagicha bo'ldi:
Mamur Ikromov
SHavkat Mullajonov
Sardor Mirzaev
Temurxo'ja Abduxoliqov
Lutfulla To'raev
Jasur Hasanov (kichik)
Islom To'xtaxo'jaev
Sanjar SHoahmedov
Ikrom Aliboev
Nemanya Yanichich
Jasur Hasanov (katta)

Endi konkurs natijalarini elon qilamiz. Bizga kelgan 80ga yaqin xat orasida 11talik tarkibni faqat bir kishi to'g'ri topibdi. To'g'ri variant bizga dj.jaspes@gmail.com elektron manzilidan kelgan. To'g'risini aytganda, xatlarni birma-bir ko'rib chiqayotib hech kim aniq tarkibni topa olmasa kerak degan xayolga borgandik. CHunki jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov tarkibni tez-tez o'zgartirib turishni xush ko'radi. Lekin baribir g'olib topildi. SHunday ekan, dj.jaspes@gmail.com orqali bizga xat yuborgan muxlisimizni g'oliblik bilan tabriklab qolamiz. Bu manzildan bizga yana shunday yozuv kelgan: Men Andijondan, umid qilaman navbatdagi g'alabani. 3:1 - menda variant shu. Bu muxlisimiz hisobni topishda salgina adashibdi. O'yin 3:0 hisobida yakun topdi.

SHuningdek, bitta futbolchiga adashganlar ham ko'pchilik ekan. Xususan quyidagi pochtalar orqali yuborilgan variantlarda faqat bitta xatolik bor. Bilasizmi, ko'pchilik kimda adashgan? Ko'pchilik Marat Bikmaevni asosiy tarkibga qo'ygan. Biroq u kechagi bahsda zaxiradagilar qatoridan joy oldi. Asosiy tarkibda esa Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynadi. Bitta o'yinchiga adashgan muxlislar ro'yxati:
pastore-1995@mail.ru
pyrelifefoydali81@gmail.com
khalbaevd@gmail.com
aliknuk@mail.ru
abdujamil@mail.ru
boboev_bahodir@mail.ru
ozodov@inbox.uz
jamshid.quramboyev.94@mail.ru
boburmirzo1996@mail.ru
finansist0505@inbox.uz

SHunday qilib ushbu konkursimizning g'olibi dj.jaspes@gmail.com elektron pochtasi sohibi bo'ldi. Vada qilganimizdek, u kishiga 21 aprel kuni "Al Hilol" bilan bo'ladigan o'yinga ikkita chipta beramiz. Atigi bitta o'yinchiga adashgan qolgan 10 nafar konkurs qatnashchilarini ham etiborsiz qoldirmaymiz va "Lokomotiv"ga befarq bo'lishmagani uchun ularga ham chipta taqdim etamiz. Yaxshi bilasiz, "Lokomotiv" o'z maydonida "Al Sadd"ni 5:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng jamoamizda guruhdan chiqish imkoniyati yuzaga keldi. Endilikda biz uchun "Al Hilol"ga qarshi kechadigan bahs juda muhim hisoblanadi. SHunday ekan, mana shu bellashuvda muxlislar ko'magi futbolchilarimizga juda kerak. "Al Hilol" - ancha jiddiy raqib, lekin zo'r o'ynab ularni ham mag'lub etsa bo'ladi. Va aminmizki, "Lokomotiv" muxlislari bunga ishonadilar.

Izoh: Yuqorida elektron pochtasi keltirilgan 10 nafar ikkinchi o'rin egasi hamda bir nafar g'olibni biz bilan yana bog'lanishlarini so'raymiz. lokomotiv.fans@mail.ruelektron pochtamizga xat yozing va bizga ism-sharifingiz hamda telefon raqamingizni qoldiring. SHunda biz ham Siz bilan bog'lanamiz. Bizni kuzatishda va "Lokomotiv"ga muxlislik qilishda davom eting. Bir-biridan qiziq konkurslar hali oldinda.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика