So’nggi yangiliklar

10:40Файзуллаев: «Ҳамма сингари шок ҳолатга тушиб қолдим»  1 10:03Симеоне Альвареснинг бекор бўлган пенальтиси ҳақида фикр билдирди  6 09:30Corriere dello Sport «Атлетик»ка қарши учрашувда «Рома»нинг асосий ҳужумчиси ким бўлишини тахмин қилди  4 08:52«Динамо»га қарши учрашувдан сўнг Аббосбек Файзуллаев фикр билдирди  1 08:24«Атлетико»ни EЧЛдан чиқариб юборган Анчелотти матбуот анжуманида нималар деди?  20 07:55«Қўқон-1912» таништирув маросимини ўтказди  0 07:27EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  13 03:55ЕЧЛ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  100 03:45ЕЧЛ. "Реал" пенальтилар сериясида "Атлетико"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди! "Арсенал" ва "Астон Вилла" ҳам чорак финалда  262 01:47"Атлетико" ўз рекордини ўрнатди  9 00:39ЕЧЛ. "Боруссия" амаллади  7 00:30Россия кубоги. Аббос Файзуллаев ассист қайд этган ўйинда ЦСКАдан ғалаба  5 23:54"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" етакчисига катта маош таклиф қилди  2 23:18"Арсенал" икки ярим ҳимоячи билан шартнома имзолашга яқин  2 22:43"Нефтчи" тақдимот маросими ўтказди  13

"Roma" Konferenciyalar ligasining guruh bosqichiga yo'l oldi Yangiliklar

"Roma" Konferenciyalar ligasining guruh bosqichiga yo'l oldi

Evropa Konferenciyalar ligasi pley-off bosqichi doirasida "Roma" hamda "Trabzonspor" o'rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov uchrashuvni zaxiradan boshladi.

"Roma" (Italiya) – "Trabzonspor" (Turkiya) 3:0

Gol: Kristante (20, 1:0), Zanolo (65, 2:0), El-SHaaravi (84, 3:0).

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Vinya, Rojer, Mxitaryan (Karles Peres, 72), Veretu, Kristante, Pellegrini, Dzanolo, Abraxam (SHomurodov, 65).

Trabzonspor – CHaqir, Vitor Ugo, Bruno Peres (Asan, 72), Ie, Gamshik, Tronnsen (Keybashi, 72), Siopis (Sari, 67), Jervino (Omyur, 46), Bakasetas, Nvakaeme, Kornelius (Janini, 19).

Ogohlantirish: Veretu (38), Siopis (39).

Birinchi o'yin: 2-1

Roma

Bryan Cristante - 20', Nicolo Zaniolo - 65', Stephan El Shaarawy - 84'

Europa Conference League Qualification . final-tur

26/08/2021, 23:00

0
:
3
Tugadi

Trabzonspor

Stadion: Stadio Olimpico, Rome

45'
90'
20'  Bryan Cristante
65'  Nicolo Zaniolo
84'  Stephan El Shaarawy

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Roma" umumiy 5:1 hisobida g'alabaga erishdi va guruh bosqichiga yo'l oldi!

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. SHomurodov qattiq harakat qilmoqda. U to'pni olib qo'yish chog'ida fol ishlatdi.

84. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! EL-SHAARAVIIIII!!! Kuchli zarba va nuqta!

81. ZARBAAAAAAA!!! Nvakaemening uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbsini ishonch bilan ushlab oldi.

76. ZARBAAAAAAA!!! Nvakaemening yaqin masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

74. Uxxxx!! Zanolo to'pni raqibidan olib qo'ydi va hujumdagi SHomurodovga oshirishga harakat qildi. Ie to'pni qaytarib yubordi.

69. Bruno Peres mushaklarini cho'zib olgan ko'rinadi. U almashtirishlarini so'radi.

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Zanioloooo!!! Uchrashuv taqdiri hal bo'lmoqda.

64. SHomurodov maydonga tushdi!

63. ZARBAAAAAA!!! Gamshikning kuchli zarbasini Patrisiu qaytardi!!! DAXSHATTT!!!

62. SHomurodovni ko'ryapmiz. U maydonga tushishga shay holatda!

57. "Trabzonspor" bosim uyushtirdi. Zarbalar esa aniq chiqmadi.

Uchrashuvni tomosha qilish uchun HAVOLA yoki pleerning o'zi:


54. ZARBAAAAAAAAA!!! ABRAHAAAAAMMMMM!!! Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozaning to'siniga tegib qaytdi...

51. Hozircha "Roma"ning o'yini unchalik yaxshi chiqmayapti.

48. ZARBAAAA!! Nvakaemening boshi bilan yo'llagan zarbasini Patrisiu qaytardi!!!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. "Roma" hujumga o'tdi. Zanoloning qanotdan oshirgan to'pini Pellegrini darvoza yaqiniga boshi bilan urib yubordi. Himoyachilar havfni bartaraf etdi.

43. O'yin markazga ko'chgan, vaziyatlar bo'lmayapti.

39. Endi Siopis "Roma"dagi raqibi Zanoloni kiyimidan "nagliy" tortib, qo'yib yubormagani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

38. Raqibiga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Veretu ogohlantirildi.

34. ZARBAAAAA!! Markazdan havolatib oshirilgan to'pni Pellegrini darvoza tomon tepdi. Noaniq.

32. ZARBAAAAAA!! Pellegrinining zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi.

29. "Trabzonspor"dan havfli hujum. Nvakaeme "Roma" jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba yo'lladi. Karsdorp to'pni autga chiqarib yubordi.

26. ZARBAAAAA!! "Roma"da ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Zanolo yaqin masofadan turkiyalik posbon qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilishi mumkin bo'lgandi. Zarba o'xshamadi.

23. So'nggi 2-3 daqiqa "Roma" yarim maydonida o'tmoqda. Rimliklar esa qarshi hujumlarga ishonishmoqda.

20. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! KRISTANTEEEEEEE!!! Ajoyib va chiroyli gol!

19. Mxitaryan burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Havodan oshirilgan to'pni darvozabon mushtlari bilan urib yubordi.

15. Mxitaryan hujumdagi Abraham tomon to'pni oshirgandi. Himoyachilar yaxshi harakat qilishdi. 

11. Mehmonlar ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirishdi. Dastlabkisini himoyachilar burchakka chiqarib yuborgan bo'lsa, ikkinchisi darvoza tomon yo'llandi. Noaniq.

7. "Trabzonspor"da imkoniyat. Qanotdan uyushtirilgan hujumni Gamshik noaniq zarba bilan yakunladi.

4. "Roma" hujumga o'tayotgandi. Ammo Mxitaryanni qo'llab-quvvatlaydigan futbolchi topilmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni haybatli "Olimpiko"ga qaratamiz. Ushbu stadionda "Roma" Konferenciyalar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun turk klubi bilan bahs olib boradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика