Kompani: "De Bryuyne - jamoani kuchaytira oladigan ajoyib futbolchi"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2015, 14:47
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani "Volfsburg" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne haqida fikr bildirdi.

"De Bryuyne kelganidan so'ng "Manchester Siti" kuchsizlanmasligi aniq. U jamoani kuchaytirishga qodir. Kevin salbiy tomonlarga ega bo'lmagan ajoyib futbolchi. Fikrimcha, futbolchilarimiz o'z imkoniyatlaridan pastroq harakat qilgani uchun o'tgan mavsum biz uchun biroz omadsiz yakunlandi. Agar biz bor kuchimiz bilan o'ynasak, demak jamoada yangi futbolchilar bor. Shu sababli jamoada zaxira bo'lishini istaymiz. Sterling, Delf va Roberts o'yinimizga yangilik kiritadi. Ular tufayli bizda ko'proq imkoniyat bo'ladi" - deydi Kompani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com