Kolarov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
14 mar 2020 23:25
Yangiliklar
Kolarov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Serbiyalik futbolchiga "Fenerbaxche" davogarlik qilmoqda.
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "Roma" himoyachisi Aleksandr Kolarov tez orada Rim klubini tark etishi kutilmoqda. Istanbulning "Fenerbaxche" klubi yozda 34 yoshli futbolchini xarid qilish uchun harakat qilib ko'radi. Turklar chap qanot himoyachisi uchun 5-7 million evro to'lashga tayyor.
Malumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida 23 o'yinda maydonga tushgan Kolarov o'z hisobiga 6 gol, 4ta samarala uzatma yozdirib qo'yishni uddalagan.
Fikrlar