JCH-2026 saralash. Osiyo qitasida ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi
12 okt 08:02
Yangiliklar
JCH-2026 saralash. Osiyo qitasida ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi
Qatar mezbonlik qilayotgan "A" guruhining ikkinchi turida BAA O'monga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ayni vaqtda ushbu guruhda BAA 3 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Qatar va O'mon hisobida 1 tadan ochko bor.
Guruhning 3-tur o'yini 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Qatar ushbu bahsda g'alaba qozonishi shart bo'lsa, BAAni durang natija ham qoniqtiradi.
Saudiya Arabistoni mezbonligida o'tayotgan "B" guruhining 2-turida Iroq Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida iroqliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Turnir jadvalida ayni vaqtda Saudiya Arabistoni va Iroqda 3 tadan ochko bor va ular 14 oktyabr kuni JCH yo'llanmasi uchun o'zaro bahs olib boradi. Ikkita bahsda mag'lub bo'lgan Indoneziya JCH yo'llanmasi uchun kurashdan chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Индонезия эмас, Нидерландия)))
Аммо Ироқ борсин шу сафар, чунки улар ҳам жуда кўп зулмларни бошидан кечираётган халқ.
Saudiya kòpincha sizi xoxishlarizga zid ishla qiladi)))
Bu sapar ham kòraylikchi ....))) omad ln sizga