So’nggi yangiliklar

00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  14 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2

Kichkina demang bizni... Yangiliklar

Kichkina demang bizni...

Teglar :  OlimpikPaxtakor
Maktab davrimizda men tengi bolalardan iborat jamoaga qarshi maydonda saf tortgan yoshi kattalar jamoasi uchun yuqoridagi maqolga hamohang tarzda syurpriz tayyorlashni xush ko'rardik.

Ularning chamalashi bo'yicha bir qarich keladigan tirmizaklar bo'lsak-da, oyog'imizdan ko'p narsa kelardi. Hatto o'zimizdan ikkita keladigan barzangilarga to'p bermasdan tili osilguncha yugurtirishga qurbimiz etardi. G'alaba shabadasi biz tomonga esa boshlaganda akaxonlarning g'ururi yo'l qo'ymasmidi, yo boshqami, futbol qonun-qoidalaridan tashqariga chiqa boshlashardi. Yoinki, maktab futbolida hakamlik qiladigan bekorchi topilmasdi. Yillar o'tib, muylovimiz sabza ura boshlaganda, biz ham yashil maydonda o'zimizdan kichikroq bolakaylarga jon kuydirishni istamasdik. Yuqoridagi scenariydagi akaxonlar roliga ulg'aygan sari o'zimiz mos kelib qo'ya qolganmiz.

Bolalikdagi o'yinqaroqlikni yodga olib, asosiy mavzudan yiroqlashib ketganim uchun uzr so'rayman. Ikki kun ilgari mamlakatning amaldagi chempioni o'z maydonida mehmon sifatida "Olimpik"ka qarshi saf tortdi. Timur Kapadze shogirdlarining o'rtacha yoshi 20 ga ham bormaydi. Raqib akalari ham qariya emas — 25.3 yosh. Biroq tajriba jihatdan ikki jamoa orasida er bilan osmoncha farq bor. Biroq, shunga qaramasdan, "Olimpik" "Paxtakor"ga qarshi 90 daqiqa davomida tengma-teng qarshilik ko'rsatdi. Hatto bazi vaziyatlarda "sherlar"ni shoshirib qo'ydi. Uchrashuv tahliliga kirishar ekanmiz, yuqoridagi fikrlarga zanjir bog'lamaslikni so'rab qolardik. Ko'cha futbolidan farqli ravishda bu erda hakamlar bor va o'ylashimcha, ular munosib ishlashdi. "Olimpik"dan xursandman. Ular "Paxtakor"dan ochko tortib olishgani uchun emas. Men uchun qaysi raqib bo'lishi ahamiyatsiz edi. Muhimi, yigitlarda shijoat bor, kurashuvchanlik bor, shunisidan xursandman.

Kapadze shogirdlari qaydnomasida 5-3-2 smexasi keltirilgan bo'lsa-da, amalda uch himoyachi maydonda harakat qildi (hatto 10 kishi bo'lib qolganda ham). "Paxtakor"dek klubga qarshi bunday tavakkal ish tutilganiga qoyil qolish kerak. Ammo qanotdan ikki futbolchi ham katta hajmdagi ishni bajardi. Jamoasi hujumga o'tgan chog' qanotlarda ko'mak bergan Mirsaidov va Tursunov raqib hujumi paytida mudofaaga yordamlashdi. Evropa futbolida Antonio Konteda shunday uslubning guvohi bo'lganmiz.

Voqealar rivoji o'zi o'ylaganidan mutlaqo teskari bo'lgan "Paxtakor" esa 10 kishi bo'lib qolgach, 4-4-1 sxemasida harakat qildi. Dragan CHeran yagona hujumchi vazifasini bajarsa-da, hujumlar chog'ida Turg'unboev, Rashidovlarni oldinga boshladi.

"Olimpik" qaysi jabhalarda ustunlik qildi?

Superliga havosidan endigina nafas ola boshlagan yangi klubning amaldagi chempionlarga qarshi uchrashuvni tezkor hujum va pressing bilan boshlashini uncha-muncha mutaxassislar ham kutmagan bo'lsa kerak.  Aynan "Olimpik" pressinglar orqali "Paxtakor" himoyasidagi kamchiliklarni ko'rsatib berdi va bu jamoaga qarshi qanday o'ynash kerakligi bo'yicha master-klass o'tib berdi.

 Dastlabki ikki turda binoyidek harakat qilgan "Paxtakor"ning yangi himoya qo'rg'onida hali ham muammolar borligi ko'zga tashlandi. Ehtimol, ularning jipslashuvi uchun malum muddat kerakdir. Umuman olganda, "Paxtakor" himoyasini u qadar yomon deyish fikridan yiroqman. SHu holidan ham o'zbek klublarining havasini keltiradigan darajada himoyalana oladi jamoa.

"Olimpik" futbolchilari ikkinchi qavatda ham o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Pressing natijasida Quvvatovning kupgina oshirmalarini aynan oq rangdagi futbolka egalari birinchi bo'lib qarshi olishdi. Hujumlarda ham havoda kurashuvchan ekanliklarini isbotlashdi.

To'p nazorati (52-48), zarbalar (14-13), hujumlar soni (95-90), xavfli hujumlar soni (60-59) bo'yicha ham norasmiy mezbonlar akalaridan ustunlik qilishdi. Albatta, deyarli bir bo'lim davomida ularning bir kishi ko'p bo'lib maydonda harakat qilganligi ham statistikaning ular tomonga og'ishiga xizmat qildi. Biroq maydondan chetlatilishidan ilgari Aliboevning paslarida noaniqliklar kuzatildi, yarim himoya chizig'iga futbol mamlakati divizionidan taklif qilingan SHarkichning ham Rashidovni yakkama-yakka chiqarib yuborgan pasidan bo'lak tayinli harakatini ko'rmadik. 

"Olimpik" nega g'alabani boy berdi?

"Olimpik" pressingni qanday qoyillatgan bo'lsa, "Paxtakor" qarshi hujumni shunday mohirona amalga oshirdi. "Olimpik" himoyalanaishda ikki jabhada xatolikka yo'l qo'ydi mening nazarimda. Birinchisi, pressing uyushtirishda ko'plab futbolchilarning bir joyga to'dalanib qolishi bo'lsa, ikkinchisi, himoyachilarning raqibni juda erta kutib olishi bo'ldi.  Keling, amalda ko'rib chiqamiz.

Yuqoridagi suratga etibor bergan bo'lsangiz, pressing amalga oshirmoqchi bo'lgan mezbonlarning naq etti futbolchisi bir erga to'planib qoldi. Markaziy himoyachilar ham oldinroqda. Oqibatda, qarama-qarshi qanotda raqib futbolchilari uchun bo'shliq yuzaga keldi va bu hisob tenglashishiga sabab bo'ldi.

Turg'unboevning inobatga olinmagan golida ham mezbon mudofaachilari jasurlik bilan ancha oldinlab ketganini guvohi bo'lishimiz mumkin. 

Oqibatda ularning hech biri tezlikda "Paxtakor"ning 8-raqamli futbolchisiga eta olmadi. Ularning baxtiga o'yindan tashqari holat qayd etildi.

Umuman olganda, bunday erta kutib olishlar raqibning xavfli vaziyatlar tashkillashtirishiga sabab bo'ldi. Erta kutib olgan yaxshi, agar eplolsang.

Natija esa qo'pollik va kartochka bilan tugashi hech gapmas.

Noto'g'ri pressing va "Paxtakor" chap qanotida bo'shliq yuzaga kelmoqda. 

Mirsaidov chetlatilgan vaziyatda ham ko'rib turganingizdek, himoyachilar ancha oldinlab ketdi va raqib hujumchilariga tezlikda imkoniyatni boy berdi. Natijada ikki jamoada o'yinchilar soni tenglashdi. 

Nafaqat himoya, balki hujumdagi imkoniyatlardan ham to'g'ri foydalanilganda, ehtimol, "Olimpik" Superligadagi ilk g'alabasini nishonlardi.

Nima bo'lgan taqdirda ham ular bir ochko qo'lga kiritishdi, balki Temur Kapadze aytganidek, ikki ochko boy berdi. Baribir jamoaning o'yinidan xursandman hamda shunday klubning Pro ligaga ravona bo'lmasligini istab qolaman. Bu nihollar kelajakda zabardast chinor bo'lib shakllanadi, faqatgina ularni to'g'ri parvarish qilish lozim. Kichkina demang ularni...

"Nasaf"ning to'ri butun bo'lsin

Oqil Abdubarnoev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика