So’nggi yangiliklar

12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  0 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  9 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  14 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  19 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  9

Mirko Elichich: "Men ishlagan "Lokomotiv" bilan hozirgisining farqi juda katta" Yangiliklar

Mirko Elichich: "Men ishlagan "Lokomotiv" bilan hozirgisining farqi juda katta"

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Olimpik" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin yaxshi o'tdi. Biz ko'p vaziyatga ega bo'lmadik. Raqiblar yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirishga, bosimdan chiqishga, oldinga o'tishga harakat qildik. Biroq to'pni ko'p ham nazorat qila olmadik. Albatta, bunday holatda to'p uchun ko'proq kurashish kerak bo'ladi. Uzun paslar uchun bizda bo'yi uzun futbolchilar etishmayapti. Bizga bu jihat og'ir tasir qilmoqda. 

- Ikkinchi o'tkazib yuborilgan golda darvozabon qo'pol xato qildi. Biroq u bugungi o'yinni yuqori darajada o'tkazdi. Bunday qo'pol xatoning sababi nimada deb o'ylaysiz: tajribami yoki charchoq?

- To'g'risini aytsam, golni ko'rmay qoldim. Futbolchini zaxiradan tushirishga tayyorlayotgandim. Albatta, u hali yosh. Tajriba kam, bazida etiborni yo'qotib qo'yadi. Istalgan darvozabon ham oddiy zarbalardan keyin gol o'tkazib yuborishi mumkin. Buning uchun ham o'rganishda davom etish kerak. Futbolni mikrosoniyalar hal qiladi. Bir mikrosoniyaga etiborni yo'qotsang, jazolanasan. 

- "Olimpik" Siz istagan futbolni namoyish qilyaptimi? 

- Yigitlar biz qanday futbol o'ynashimiz kerakligini ancha tushunib qolishdi. Eng asosiysi ular maydondagi personal rollarini, jamoaga berilayotgan vazifalarni bilib olishdi. Tushunarliki, har bir o'yinga turli xil vazifalar qo'yilmoqda. Har bir futbolchi boshqacha o'yin namoyish qilmoqda. Ularga o'z o'yinlarini qanday o'zgartirish kerakligini tushuntiryapmiz. Biz endigina birgalikdagi to'rtinchi oyni o'tkazyapmiz. To'rt oy ichida buncha ishlarni qilish oson emas. O'zbek futboliga bir jihat etishmaydi: yosh futbolchilar o'z darajalarini va sifatini yaxshi bilishmaydi.

- Siz "Lokomotiv"da ishlagansiz va bu klub haqida yaxshi bilasiz. "Lokomotiv"ning hozirgi jamoasi haqida nima deya olasiz?

- Bu umuman boshqa jamoa. Men ishlagan paytda jamoa boshqa edi. Murabbiylar boshqacha futbolchilarni izlamoqda, boshqacha uslubni ko'zlamoqda. Bu butunlay boshqacha jamoa. Endi barchasi murabbiylar shtabiga bog'liq. Ular nima yoqayotgan bo'lsa, shuni qilishlari kerak.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика