So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Grigoriy Kolosovskiy: "Ikkinchi goldan keyin tashabbusni raqibga topshirib qo'ydik" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Ikkinchi goldan keyin tashabbusni raqibga topshirib qo'ydik"

Pro-liganing 6-turi doirasida "Olimpik" bilan uchrashuvdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Maydonning har bir qarichida kurash jiddiy kechdi, albatta, urilgan golgacha. Katta hududiy ustunlikka ega bo'ldik. Yana har doimgidek yaratgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Birinchi davradagi o'yinni inobatga olsak, bu bahsni principial desak bo'lardi. Uchrashuvga yaxshi tayyorlandik. Raqiblar darvozamiz yonida birorta xavfli vaziyatga ega bo'lishmadi. Biz esa yaratayotgan vaziyatlarimizdan foydalanishni bilishimiz kerak. Albatta, jamoamizga savollarim bor. Urilgan ikkinchi goldan keyin tashabbusni raqiblarga berib qo'ydik. Aslida biz bosimni davom ettirib, uchinchi, to'rtinchi gollarni ham urishimiz kerak edi. Biroq biz tashabbusni to'liqligicha raqiblarga berib qo'ydik va individual futbolga o'tib oldik. Paslar orqali xujumga chiqishimiz kerak bo'lgandi, lekin biz individual sifatlarga tayanib qoldik. Shu sababli raqib yarim maydonida to'pni juda ko'p yo'qotdik. 

- Akaki Shulaya o'tgan o'yindagi kabi zaxiradan maydonga tushdi va o'zini ko'rsatdi. Uni "sehrli tayoqcha" sifatida zaxiradan tushiryapsizmi?

- Bu erda gap "sehrli tayoqcha"da ham emas. U asosiy tarkib futbolchisi. U o'yinga to'liq tayyor emasdi. Murabbiylar shtabi esa uni zaxirada qoldirishni lozim topdi. Mana bu asosiy sabab.

- "Lokomotiv"dagi yosh futbolchilar Shodiyor Shodiboev, Quvonchbek Abraev hamda Ozodbek O'ktamov haqidagi fikringizni bilmoqchi edik.

- Barcha futbolchilarga imkoniyat beryapmiz. "Olimpik"da ularning tengdoshlari o'ynamoqda, ular o'z tengdoshlari yonida o'zlarini ko'rsatishlari kerak edi. Yanada ko'prog'i bo'lish uchun rivojlanish, jamoada ajralib tura olish kerak. Har doim qarz evaziga yashab bo'lmaydi. Bugun berilgan imkoniyat ertaga bo'lmasligi mumkin. Shodiyor, Quvonchbek va Ozodbek bu imkoniyatdan foydalanishlari kerak. Murabbiylar shtabi ularga ishonyaptimi, bundan foydalanib ketish kerak. Bugun sen o'ynashing mumkin, o'yinga tayyor bo'lmasang ertaga tarkibga umuman kiritilmaysan.

- Ibrohim Yo'ldoshev qachon safga qaytadi?

- U shu stadionda jarohat olgandi. Hozircha u tayyor emas. U keyingi o'yinlarga tayyorlanmoqda. 

- Oldinda "Bunyodkor" bilan kubok o'yini kutib turibdi. Bu "Lokomotiv" uchun hal qiluvchi bahs hisoblanadi.

- Ha, biz uchun bu o'yin hal qiluvchi. "Bunyodkor" 6 ochko to'plab bo'lgan. Biz esa o'zimizni xotirjam his qilishimiz uchun "Buxoro"ni mag'lub qilishimiz kerak edi. Bu o'yinda biz g'alabaga yaqin edik. Biroq yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik va standartlardan keyin ikkita gol qo'yib yubordik. Qarshi hujumlardan keyin yaxshi vaziyatlarga ega bo'lgandik. Bu raqib bilan yaxshi o'ynagandik ham. Agarda yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalanganimizda "Buxoro" mag'lub bo'lgan bo'lardi. Endi "Bunyodkor" maydonida g'alaba uchun kurashishga maydonga tushamiz. Endi bu bahsni unutib, keyingisini o'ylash kerak.

- Ertaga Samvel Babayanning tug'ilgan kuni. Samvel Vyacheslavovich "koridor"dan o'tadimi?

- Menimcha bo'ladi. Jamoa, albatta, tug'ilgan kun bilan tabriklaydi. Ular ushbu g'alabani Samvel Babayanga bag'ishlashdi. Agar ertaga bo'lmasa ham 20 may kungi mashg'ulotda "koridor" uyushtiramiz. Klub, jamoa tug'ilgan kunni nishonlaydi. 



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика