So’nggi yangiliklar

00:05"Кристал Пэлас" - "Манчестер Юнайтед"  6 23:34Жуд Беллингем нега "Реал"да 5 рақамини танлаган?  3 23:25ЦСКА - "Рубин". Файзуллаев гол урди  15 22:52Лондон клуби мавсум охирида мураббийи билан хайрлашади  1 22:32АПЛнинг бугунги баҳсида ҳакамга камера илиб қўйишади  7 22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  14 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  21 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  11 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  12 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Қизилқум" билан ўйиннинг сўнгги дақиқасида ғалабани қўлдан чиқарди  62 19:45АПЛнинг бир қанча клублари Дюмфрисга қизиқиш билдирмоқда  1 19:16Франция президенти Мбаппе Олимпиадада ўйнашини хоҳламоқда  11 18:47Малайзия терма жамоаси футболчисига кислота сепилди  3

Kibersport. Bugun Los-Anjeles meyjor guruh bosqichining so'nggi bahslari o'tkaziladi Yangiliklar

Kibersport. Bugun Los-Anjeles meyjor guruh bosqichining so'nggi bahslari o'tkaziladi

Teglar :  Akbar Bo'taevDota 2
Dota 2 bo'yicha Evropa va MDH mintaqasida o'tkazilayotgan Los-Anjeles meyjor qizg'in pallaga kirgan.

Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichidagi so'nggi o'yinlari o'tkaziladi. Qizig'i shundaki, Evropa mintaqasi jamoasi ("Chicken Fighters") vakili bo'lgan hamyurtimiz Akbar Bo'taev (Sonneiko) keyingi bosqichni g'oliblar to'rida boshlashga yaqin turibdi.

8ta jamoadan iborat bo'lgan "B" guruhida "Chicken Fighters" 4ta g'alaba va 12 ochko bilan 3 o'rinni egallab turibdi. Agar bugun ular Evropaning eng nomdor jamoalaridan biri bo'lgan "Alliance"ni mag'lub eta olsa va 2-o'rindagi "Team Spirit" mag'lubiyatga uchrasa Akbar va uning beshligi g'oliblar to'ridan joy oladi. "Sonneiko"ni haydab yuborgan Na'Vi esa guruhda qolib ketdi. 6ta uchrashuvda bor-yo'g'i 2ta g'alabaga erishdi. Guruh jadvali quyidagicha:



Eslatma: "A" va "B" guruhida 1-2-o'rinni egallagan 4ta jamoa musobaqani g'oliblar to'rida davom ettiradi, 3 va 4-o'rinni egallaganlar mag'lublar to'riga yo'l oladi.


Bugungi uchrashuvlar ro'yxati bilan tanishing:

"A" guruhi

20:00. OG - Gambit

20:00. Nigma - Vikin.gg

20:00. Virtus.pro - B8

20:00. HellRaisers - CyberLegacy


"B" guruhi

23:00. Liquid - Navi

23:00. Secret - Unique

23:00. Alliance - Chicken Fighters

23:00. Ninjas in Pyjamas - Team Spirit


Eslatib o'tamiz, turnirning mukofot jamg'armasi 200 ming dollarni tashkil qiladi va u quyidagicha taqsimlanadi:

1-o'rin. 60 ming dollar

2-o'rin. 38 ming dollar

3-o'rin. 25 ming dollar

4-o'rin. 14 ming dollar

5-6-o'rinlar. 10 ming dollar

7-8-o'rinlar. 7.5 ming dollar

9-10-o'rinlar. 5 ming dollar

11-12-o'rinlar. 4 ming dollar

13-14-o'rinlar. 3 ming dollar

15-16-o'rinlar. 2 ming dollar

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика