So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Maksim Shackix: "Eng muhimi gol o'tkazmaslik va nolga o'ynash. Realizaciya esa kun kelib yaxshilanadi" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Eng muhimi gol o'tkazmaslik va nolga o'ynash. Realizaciya esa kun kelib yaxshilanadi"

OCHL 2 musobaqasi 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Al Ahli" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida andijonliklar ustozi Maksim Shackix va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Erjan Tokotaev ishtirok etdi.

"Jamoam namoyish etgandan o'yindan ko'nglim to'ldi, ochig'i. Biz reja qilgan barcha ishlarimizni bajardik va chidab berdik. O'yin sifati ham menga yoqdi. Yigitlarga endigina jamoa nima xohlayotganimizni va qanday namoyish etishimiz kerakligini tushunib etmoqda. Raqib bizdan ancha kuchliroq edi. Shu sababli bugungi bir ochkomiz katta qiymatga ega. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimiz esa o'yin sifati va bugungi natijadan qoniqdilar, menimcha" - dedi Maksim Shackix bahs yakunlangach.

Erjan Tokotaev:

"Ancha qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham gol urish uchun etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldi. G'alaba qozona olmaganimiz va gol ura olmaganimizga xursand emasmiz. Uchrashuv kurashlarga boy bo'ldi. Natija bizni qoniqtirdi, chunki biz bir ochko qo'lga kiritdik. Bo'lajak uchrashuvlarda g'alaba qozonish uchun yanada ko'proq harakat qilamiz" - dedi Erjan Tokotaev bugungi uchrashuvdan so'ng.

- Bugun "Andijon" g'alaba qozonishi uchun nima etmadi?

- Menimcha, individual mahorat. Chunki vaziyatlarimiz bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ushbu vaziyatlardan foydalana olganimizda natija boshqacha bo'lardi. Biroz aniqroq o'ynaganimizda gol urgan bo'lardik. Jamoa sifatida biz uchun eng muhimi gol o'tkazmaslik va nolga o'ynash. Har bir o'yin oldidan yigitlarga shuni takidlayman. Hujumda esa vaziyatlarimiz bo'ladi. Har doim imkoniyatlarimiz bo'lmoqda. Realizaciya esa kun kelib yaxshilanadi. Bugun bo'lmasa ertaga, ertaga bo'lmasa indinga o'z vaziyatlarimizdan to'g'ri foydalana boshlaymiz. Muhimi himoyada xatosiz va tartibli o'ynash.

- "Andijon" 75-80 daqiqadan so'ng himoyaga yotib oldi. Bunga sabab nima?

- Biz charchab qolgandik. Zaxiradan futbolchini maydonda tushirib o'yin tempini kuchaytira olmas edik. Zaxira o'rindig'imiz unchalik katta emas. Shu sababli pastroq tusha boshladik, raqib ham hujumga zo'r bera boshladi. Biz esa tezkor qarshi hujum orqali raqib darvozasiga xavf soldik. Raqib jamoa individual va jismoniy jihatdan bizdan kuchliroq edi. Shuningdek, bunday o'yinlarda zaxiradan maydonga tushib, o'yinga qo'shilib keta olish juda qiyin. Ayniqsa, yosh futbolchilar uchun.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика