Keyrush Misr terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
31 mar 2022 21:43
Yangiliklar
Keyrush Misr terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Misr termasi ustozi Karlush Keyrush istefoga chiqqanini elon qildi.
Eslatib o'tamiz, "firavnlar" 69 yoshli portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida JCH-2022 ga chiqa olishmadi.
Misrliklar pley-off uchrashuvida penaltilar seriyasiga ko'ra Senegalga mag'lub bo'lib, mundial yo'llanmasidan quruq qolishdi.
Keyrush jamoani 2021 yilning sentyabridan buyon boshqarib kelayotgandi. Terma jamoa uning boshchiligida Afrika Kubogi finaliga qadar etib borib, aynan Senegalga yutqazgan edi.
Fikrlar