Rossiya JCH ishtirokchisi Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
05 avg 11:14
Yangiliklar
Rossiya JCH ishtirokchisi Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Iordaniya terma jamoasi 4 sentyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvida Rossiya terma jamoasiga raqib bo'ladi.
Bu haqda Iordaniya futbol associaciyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, o'yin Rossiyada bo'lib o'tadi. Iordaniya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida rossiyaliklarga qarshi maydonga tushadi.
Iordaniya terma jamoasi tarixda ilk bor 2026 yil AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
Valeriy Karpin shogirdlari so'nggi o'yinini iyun oyida Minskda belarusliklarga qarshi o'tkazgandi (4:1).
Rossiya klublari va jamoalari 2022 yildan beri xalqaro turnirlardan chetda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar