JCH-2026ga qura qachon va qaerda tashlanishi malum!
23 avg 00:30
Yangiliklar
JCH-2026ga qura qachon va qaerda tashlanishi malum!
Kelasi yili AQSH, Kanada va Meksikada 2026 yilgi jahon chempionati o'yinlari o'tkaziladi.
Turnirning final bosqichi uchun qura shu yilning 5 dekabr kunida AQSHdagi Jon Kennedi nomli sanat ijrochilari markazida tashkillashtiriladi.
Tarixda ilk marotaba mundialda 48 terma ishtirok etadi. Turnir mezbonlari Meksika (A1), Kanada (B1) hamda AQSH (D1) termalari o'z joylariga ega bo'lib bo'lgan.
Hozircha mezbonlardan tashqari yana 9 terma - Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya (debyut), Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va yana bir debyutant O'zbekiston termalarining mundialda qatnashishi aniq bo'lib ulgurgan.
Turnirning ilk o'yini 2026 yilning 11 iyun kunida Mexikodagi "Acteka" stadionida, final o'yini esa 19 iyul kunida "Nyu-York Nyu-Djersi" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar