Keyn Evro-2020, tiklanish jarayoni qanday o'tayotgani va qachon safga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
04 mar 2020 20:30
Yangiliklar


Keyn Evro-2020, tiklanish jarayoni qanday o'tayotgani va qachon safga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
“Tottenxem” forvardi yaqin orada maydonga qaytishini oshkor qildi.
Xarri Keyn Angliya chempionatining 21-turi doirasida 1 yanvar kuni bo'lib o'tgan “Sautgempton”ga (1:0) qarshi uchrashuvda jarohat olib, 75-daqiqada zaxariga olingan edi. Keyinroq esa u orqa son qismidan jarohat olgani bois operaciya stoliga yotishi malum qilingandi.
"Evropa chempionatida aniq o'ynashimni his etmoqdaman. Agar musobaqa boshlanishidan oldin ko'ngilsiz hodisa yuz bermasa, men aniq o'ynayman. Hozircha umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashmayapman, ammo trenajyor zalida ko'p mehnat qilmoqdaman. Kundan-kunga kuchaymoqdaman. Bir necha haftadan keyin esa o'ynay olaman. Qaysi bahsda maydonga qaytishimni ayta olmayman, lekin umid qilamanki, bu aprelning boshi yo o'rtalarida sodir bo'ladi”, – deydi 26 yoshli hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar