Keyn APLga qaytish haqida o'ylamayapti: "Menga "Bavariya"da o'ynash yoqadi. Shartnomani uzaytirishni muhokama qilishimiz mumkin"
27 sen 2025 11:22
Yangiliklar
Keyn APLga qaytish haqida o'ylamayapti: "Menga "Bavariya"da o'ynash yoqadi. Shartnomani uzaytirishni muhokama qilishimiz mumkin"
Xarri Keyn Alan Shirerning rekordini yangilash uchun APLga qaytishni o'ylamayapti.
Shirerning hisobida Premer-ligada 260 ta gol bor. Hozirda "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan Keyn 213 ta to'p bilan 2-o'rinda bormoqda.
"Bu meni unchalik tashvishga solmaydi. Angliyadan jo'nab ketayotganimda, balki bu maqsadga erishish uchun qaytib kelarman, deb o'ylagandim. Ammo, bu erda bo'lganimdan beri bu darajada o'ynash menga juda yoqadi".
"Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida
"Bu biz muhokama qilishimiz mumkin bo'lgan narsa. Menda deyarli ikki yil qoldi, shuning uchun vahimaga tushishga asos yo'q. O'ylashimcha, ular mendan, men esa ulardan mamnunmiz", - dedi Keyn.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar