Keyn APLga qaytish haqida o'ylamayapti: "Menga "Bavariya"da o'ynash yoqadi. Shartnomani uzaytirishni muhokama qilishimiz mumkin"

Alisher Ostonov
27 sen 2025, 11:22
Xarri Keyn Alan Shirerning rekordini yangilash uchun APLga qaytishni o'ylamayapti.

Shirerning hisobida Premer-ligada 260 ta gol bor. Hozirda "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan Keyn 213 ta to'p bilan 2-o'rinda bormoqda.

"Bu meni unchalik tashvishga solmaydi. Angliyadan jo'nab ketayotganimda, balki bu maqsadga erishish uchun qaytib kelarman, deb o'ylagandim. Ammo, bu yerda bo'lganimdan beri bu darajada o'ynash menga juda yoqadi".

"Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida

"Bu biz muhokama qilishimiz mumkin bo'lgan narsa. Menda deyarli ikki yil qoldi, shuning uchun vahimaga tushishga asos yo'q. O'ylashimcha, ular mendan, men esa ulardan mamnunmiz", - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Ransport