Kavani Parijdan Urugvayga niqob va qo'lqoplarda yo'l oldi
20 mar 2020 13:58
Yangiliklar


Kavani Parijdan Urugvayga niqob va qo'lqoplarda yo'l oldi
PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar vataniga yo'l oldi.
Edinson Kavani Franciya poytaxtidan Montevideoga yo'l oldi. Franciya chempionatida yuzaga kelgan tanaffus sabab PSJ forvardi Saltodagi yaqinlarining oldiga ketdi.
2013 yildan beri PSJda o'ynayotgan 33 yoshli Kavani klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi. Bitim iyunda yakuniga etadi. Uning o'zi "Atletiko"ga o'tishni xohlamoqda.
Urugvaylik hujumchi joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar