Kavani "Manchester Yunayted"dagi debyuti haqida: "Hali hammasi oldinda"
25 okt 2020 17:48
Yangiliklar


Kavani "Manchester Yunayted"dagi debyuti haqida: "Hali hammasi oldinda"
"Manchester Yunayted"ning yangi o'yinchisi Edinsoe Kavani APL 6-tur doirasidagi "CHelsi" (0:0)ga qarshi o'yinda debyut qildi"
"Debyut o'yinimdan mamnunman. Qattiq ishlashda davom etish kerak. Hali hammasi oldinda", - deb yozgan 33 yoshli urugvaylik futbolchi instagram sahifasida.
Kavani "Manchester Yunayted"ga yozgi transferlar oynasida erkin agent maqomida o'tgandi. Tomonlar bir yillik shartnomaga imzo chekishgan. Bitimda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi borasida band bor.
Futbolchi MYUga qadar 7 yil davomida "Pari Sen-Jermen" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar