So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Katta futbol karantindan chiqmoqda - Bundesliga prevyusi Yangiliklar

Katta futbol karantindan chiqmoqda - Bundesliga prevyusi

Teglar :  Prevyu Bundesliga
Bugun katta futbol olamida dastlab Bundesliga karantin rejimidan chiqish taraddudida.

Bundesliga restartiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola qilamiz.

Ayni damda jamoalar karantin davridagi tanaffusdan keyin 26-tur o'yinlarini o'tkazish arafasida turibdi. Turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, "Bavariya" 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Dortmundning "Borussiya" jamoasida 51 ochko va ular peshqadamdan 4 ochko ortda. SHuningdek, chempionlik poygasidan hali chiqib ketmagan "Leypcig"da 50 ochko mavjud. Kuchli beshlikdan 49 ochko bilan Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi va 47 ochko to'plagan Leverkuzenning "Bayer" klubi o'rin olgan.

Turnir jadvalining pastki qismi, yani elitada jon saqlash uchun "Paderborn", "Verder" va "Fortuna" qizg'in kurashmoqda. Eng qiyin sharoitdagi "Paderborn"ga vaziyatni o'nglash oson bo'lmaydi. CHunki pley-off orqali elitada qolish imkoniyatini beruvchi 16-o'rindagi "Fortuna" bilan oraliq 6 ochkoga teng. 

Malumot o'rnida aytish kerakki, jon saqlash uchun kurashayotgan yaxshigina tarixga ega "Verder" klubi ayni dam jadvalda 17-o'rinda joylashgan va qolgan raqiblariga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazgan. "Verder" - "Ayntraxt" o'rtasidagi 24-turda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan bahs Frankfurtliklarning Evropa ligasi doirasidagi "Zalsburg"ga qarshi qoldirilgan uchrashuvi tufayli kechiktirilgandi. Demak, karantin davrida turnir jadvalidagi qiyinchiliklar etmaganidek moliyaviy inqirozga yaqin kelgan va barchadan keyin mashg'ulotlarni tiklagan Florian Kofeldt boshqaruvidagi jamoaga oson bo'lmaydi. Lekin ularning zaxirasida Bremenda o'tadigan "Ayntraxt"ga qarshi bellashuv turibdi.

CHempionlik uchun kurashda garchi nazariy taraflama Myonxengladbaxning "Borussiya"sida imkoniyat bo'lsada, asosan "Leypcig" va Dortmundning "Borussiya" kollektivi qarshilik qilishga yaqinroq. "Bayer" va "Borussiya" Myonxengladbaxning asosiy vazifasi "to'rttalik"ka kirib, ECHL yo'llanmasiga ega chiqish bo'ladi. 

Evropa ligasi yo'llanmasi yo'lida esa turnir jadvalining qoq markazidagi "Kyoln"dan tortib "Xoffenxaym", "Frayburg", "Volfsburg" va "SHalke" o'rtasida dahanaki "jang" bo'lishiga shubha yo'q.

To'purarlar poygasida Levandovski yakka peshqadam, Verner esa Robertni quvish bilan band...


Karantin rejimidagi Bundesligada standartga aylanadigan nostandart o'zgarishlar haqida:

Jamoalar hakamlar bilan birgalikda saf tortib chiqishlari taqiqlanadi.

O'yin oldidan jamoaviy suratga tushish taqiqlanadi.

Maydondagi 22 futbolchi va 3 hakamdan boshqa barchada (bosh murabbiy va zaxira hakami ham) tibbiy niqob bo'lishi shart.

Zaxira o'rindiqlari masofani saqlash maqsadida uzaytiriladi yoki zaxiradagi bazi futbolchi va personallar tribunaga chiqishadi.

Bundesliga restartiga 1 hafta qolgach jamoalar barcha futbolchi va personallargacha mehmonxonada karantinga kirishadi.

Hakamlar Bundesliga restartidan 1 hafta avval test topshirishadi va o'yindan 1 kun oldin ham qayta tekshiriladi.

VAR tizimidagi xonada videoassistentlar masofa saqlashi uchun plastik to'siqlar yasaladi.

Mabodo qaysidir jamoa futbolchisi va xodimida koronavirus aniqlansa, unda imkon qadar butun jamoa karantinga olinmaydi. Doimiy tibbiy nazorat va testlar qilinishi natijasida boshqalar ikkinchi darajadagi riskdagi insonlar hisoblanishadi va yakuniy qarorni Sog'liqni saqlash vazirligi qabul qiladi. Malum futbolchilar karantinga olinsa ham, reglamentga ko'ra, jamoalar qaydnomaga 13 nafar futbolchini kiritishi o'yinni o'tkazish uchun etarli. Agarda 13 nafar o'ynaydigan futbolchi topilmasa, unda reglamentga biroz istisno tariqasida texnik mag'lubiyat o'rniga uchrashuvni kechiktirishga ruxsat beriladi.

Bundesliga restarti rasman elon qilinishi bilanoq jamoalar g'aznasi teletranslyaciyalardan tushadigan daromadlarning bir qismi bilan boyidi. Faqatgina Eurosport hozircha 10 million evroni o'tkazgani yo'q. SHuningdek, Bundesliga restartidagi 26-tur o'yinlarini "Sky Deutschland" konferenciya formatida bepul ko'rsatadi.

O'yinlarda futbolchi almashtirish limiti 5taga oshirildi va buni o'yin paytida 3 martalik urinishda amalga oshirish lozim bo'ladi.

"Sky" telekanali Bundesliga o'yinlari translyaciyasi paytida muxlislar qo'llab-quvvatlovi, stadiondagi muhit va o'yindagi vaziyatlarga ishqibozlar reakciyasi jamlangan ovozlarni tomoshabinlarga taklif qilmoqda. SHuningdek, muxlislar tomonidan ijro etilgan o'z jamoalarining qo'shiqlari qo'yiladi. Translyaciya paytida mazkur funkciyani qo'shimcha sozlamali yo'lakdagi tugma orqali qo'shish mumkin bo'ladi.

"SHalke" muxlislari uchun karantinda o'z suyuklilarining o'yinini tomosha qilish uchun ideal joy


Bundesliga o'yinlarida jami 322 nafar kishi stadionda bo'lishiga ruxsat beriladi

98 — maydon va uning atrofida bo'ladiganlar: jamoa futbolchilari, murabbiylar va shtab personallari, bolboylar, fotograflar, TV operatorlar va gigienik vaziyatni kuzatuvchi javobgarlar.

115 — tribunada o'tiradiganlar: styuardlar, yong'in xavfsizligi xodimlari, policiya, jurnalistlar, tahlilchilar, doping nazoratchilari.

109 — stadionning ochiq hududida bo'ladigan shaxslar: styuartlar, TV operatorlar va jurnalistlar.



Germaniyaning g'amxo'r klublari

Germaniya Futbol Ligasi inqirozga yuz tutayotgan klublarni asrab qolish uchun tashkilot qoshida fond ochgandi. Mazkur fondga istalgan klub yoki tashkilotlar pul o'tkazishlari mumkin. "Bavariya", "Leypcig", "Borussiya" Dortmund va "Bayer" Germaniya klublarini qo'llab-quvvatlash uchun 20 million evrodan pul o'tkazishdi.

Bilasiz, Germaniyada har qanday principiallik va raqib tuyg'usi maydonda va futbolga oid jihatlarda aks etadi. Qolgan paytlarda esa bir-biriga dushman darajasidagi jamoalar ham o'zaro hurmat tariqasida yordam qo'lini cho'zishga doim tayyor. Oddiy misol, 2003 yili "Bavariya" Dortmundning "Borussiya" klubini moliyaviy yordam orqali inqirozdan qutqargan.

GFL hududiy futbol ligalari hamda hududiy associaciyalariga pandemiya davrida ixtiyoriy ravishda 1,5 million evrodan kompensaciya to'laydi. Gap shundaki, GFI va GFL o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, hududiy liga va associaciyalar Bundesliga va Bundesliga 2 jamoalarining o'yinlaridagi chiptalar savdosidan tushadigan malum foiz miqdorda pul olishardi. Mavsum yakuniga qadar chempionat o'yinlari muxlislarsiz o'tkazilishi va buning oqibatida hudidiy liga va associaciyalar daromadsiz qolishini oldini olish maqsadida GFL o'z ixtiyori bilan hududiy liga va associaciyalarga 1,5 milliondan kompensaciya pulini to'laydi.

Evropada futbolni qayta uyg'otayotgan Germaniya futboli, xususan Bundesligada karantin davrida shunaqa gaplar ruy berdi.


Tur o'yinlari haqida

Demak, 26-turni ochib beradigan markaziy to'qnashuv, nafaqat Germaniyada, balki jahon futbolida o'z o'rniga ega - "Rur derbisi": "Borussiya" Dortmund - "SHalke" uchrashuvi restartni chinakamiga bezab beradi. Jahon futbolidagi eng principial va qiziqarli derbilardan biri bo'lgan "Rur derbisi" doirasida "Borussiya" hamda "SHalke" jamoalari barcha musobaqalarda jami 59 marotaba duch kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik "SHalke"ga tegishli - 20 g'alaba. "Borussiya" Dortmund esa 15 bor raqibini mag'lub etgan. Qolgan 24 uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Birinchi davradagi Gelzenkirxenda o'tgan bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgandi. Bu gal jamoalar murosaga keladigan sharoitda emas va har ikkalasiga ochko suv va havodek zarur. Karantindagi majburiy tatil kimni izdan chiqargani va qaysi jamoa futbolchilari nisbatan o'z formalarini ushlab yoki tiklab olishga ulgurganliklariga guvoh bo'lamiz.

SHuningdek, "Borussiya" Dortmund va "SHalke" o'rtasidagi o'yin bilan bir vaqtda yana to'rt bellashuv start oladi. Kecha tish pastasini xarid qilaman deb mehmonxonadan magazinga chiqqan "Augsburg"ning yangi murabbiyi Xerrlixni tartibli nemis xalqi kassa oldida tanib qolib, keyinchalik bu haqida tegishli joyga xabar qilgani Xayko Xerrlix uchun tish pastasidan ham ming karra qimmatga tushdi. Natijada Xayko Xerrlix o'zining yangi jamoasidagi debyutini karantinda, mehmonxona televizori qarshisida tomosha qilishiga to'g'ri keladi. Bunday debyutni Xayko orzu qilmagani aniq. SHu tariqa "Augsburg"ning "Volfsburg" bilan bo'ladigan to'qnashuvi oldidan shunday kutilmagan qiziq voqea ruy berdi. Bu ham qaysidir manoda mazkur o'yin atrofidagi etiborni oshirib yubordi.

Yana bir etiborga molik o'yin Dyusseldorfda elitada qolish uchun kurashayotgan turnir jadvalidagi "qo'shnilar" o'rtasida kechadi. "Fortuna" va "Paderborn" bellashuvida ko'p jihatdan qaysi jamoa Bundesligada jon saqlash uchun o'z imkoniyatlarini keskin oshirib olishi yoki aksincha, vaziyatni jiddiylashtirib qo'yish kabi masala hal etiladi.

CHempionlik kurashayotgan "Leypcig" evrokubokka ilinish payida turgan, nafis futbol ijro etayotgan Kristian SHtrayxning "Frayburg" kollektivini qabul qiladi. Bu bahsda nemis futbolidagi asosiy hujumchilar to'qnashuvi ruy berishi mumkin. Luka Valdshmidt hamda Timo Verner o'rtasidagi bahsni kuzatish Yoaxim Lyov uchun ahamiyatli bo'ladi. Bir xil taktik sxema (3-4-2-1) orqali turli xil uslubdan foydalanmoqchi, lekin falsafa ochiq va hujumkor futbolni tadbiq etuvchi yosh Nagelsman va tajribali SHtrayxning o'zaro tortishuvida o'tgan gal  SHtrayx g'alabani tantana qilgandi. Qizig'i, o'shanda Nagelsmann tomonidan aynan raqibga qarab o'zgartirilgan taktik sxema (4-4-2) va 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashdan bosh tortgani qimmatga tushgandi. Bu safar voqealar rivoji qanday bo'lishini kuzatamiz.

"Xoffenxaym" va "Gerta" o'rtasidagi o'yinda turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqilsa, g'alaba "Xoffenxaym"ga zarur. "Gerta" esa evrokuboklar uchun kurashdan chiqib ketishga ulgurgan. Poytaxtliklar birinchi davrada o'z maydonlarida uchralgan mag'lubiyat alamini olish uchun kurashib ko'rishadi. Mazkur qarama-qarshilikdagi qiziq jihat shuki, ushbu jamoalar ishtirokidagi o'yinlar ochiq futbolni namoyish etadi. Bu taraflama muxlisni zeriktirib qo'ymasligi haqiqatga yaqinroq.

Kunning oxirgi o'yini sal kechroq, soat 21:30da boshlanadi. Mazkur o'yinda "Ayntraxt" Frankfurtda "Borussiya" Myonxengladbaxni qabul qiladi. Birinchi davradagi o'yinda Marko Rouz raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. Mehmonda ham bu ishni takrorlash qiyin bo'ladi. Lekin Rouz qo'l ostida maftunkor futbol namoyish etayotgan "Borussiya" Myonxengladbax va tarkibdagi qator iqtidorlar, masalan, Markus Tyuram, Plea va Florian Noyxausning o'yinlarini tomosha qilish orqali muxlislar o'zlari uchun yangi kashfiyot qilishlari va ehtimol yangi yoqimtoy futbolchilariga ega bo'lishlari mumkin.

Qolgan 3 uchrashuvning ikkita ertaga va oxirgi bahs indinga o'tkaziladi. Unda "Kyoln" "Maync"ni qabul qilsa, "Union" o'z uyida "Bavariya"ni mehmon qiladi. Yakshanba kuni esa har taraflama inqiroz ko'chasidagi "Verder" "Bayer" bilan hisob-kitob qilishga kirishadi. Mazkur o'yinlar haqida ertaga batafsil to'xtalamiz.

Bundesliga, 26-tur o'yinlari jadvali:

16 may, shanba.

«Borussiya» D — «SHalke» (18:30) "Match TV", "Sport"

«Leypcig» — «Frayburg» (18:30) "Futbol3"

«Xoffenxaym» — «Gerta» (18:30) "Futbol1"

«Fortuna» — «Paderborn» (18:30)

«Augsburg» — «Volfsburg» (18:30) "Futbol1"

«Ayntraxt» — «Borussiya» M (21:30) "Match TV", "Sport"

17 may, yakshanba.

«Kyoln» — «Maync» (18:30) "Futbol3", "Sport"

«Union» Berlin — «Bavariya» (21:00) "Match TV", "Sport"

18 may, dushanba.

«Verder» — «Bayer» (23:30) "Match TV", "Sport"

* Bundesliga o'yinlarini Match TV va uning tarmog'idagi barcha futbol kanallari va Sport telekanali jonli ko'rsatadi.


Futbolni qutqarmoqchi bo'layotgan Bundesliga va germaniyalik jonkuyar muxlislarning ajabtovur chellenji — Koronavirus Germaniya futboliga qanchalik tasir qilgani haqida 

Futbol olamida karantin davridagi eng muhim voqelik haqida so'z — "Championat.asia" ijodiy jamoasiga 

"Tezkor studiya": Bundesliga muhokamasi bilan boshlangan dasturda kutilmagan mehmonlar tashrifi va barcha kutgan mavzu ko'tarildi 

Butun dunyo kutayotgan ajoyib o'yinni kim sharhlashi malum 

Bundesligani qaysi kanalda tomosha qilish borasida SHahboz Beg'amov tavsiyasi 


Bundesliga o'yinlarini kuzatib boring va mazkur chempionat haqida to'liq malumotlarni saytimizda mutolaa qiling!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика