So’nggi yangiliklar

19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  2 19:34Роналду "Ал Насср" билан янги шартномасига кўра дақиқасига 327 фунт ишлаб топади  7 19:11"Барселона" ва "Реал" Испания Кубоги финали учун қайдномани эълон қилди  2 18:49Моуринью Португалия терма жамоаси бош мураббийига айланишга яқин  3 18:22"Бавария" икки футболчисини сотмоқчи  0 17:55Пепе "Барселона" – "Реал" тўқнашуви бўйича тахминини билдирди  16 17:27"Барселона" собиқ дарвозабони Вальдес испан жамоасини бошқаради  2 16:59"Ал Насср" Роналдуга 100 млн евролик янги шерик топди  3 16:30Сеск Фабрегас АПЛ жамоасининг бош мураббийи бўлиши мумкин  1 16:03Войцех Шенсни чекиши ҳақида: "Мендан ўрнак олманглар"  5 15:37Кейн АПЛга қайтиши мумкин. "Бавария" қўйиб юборадими?  3 15:10БАА – Ўзбекистон учрашуви учун ўзбекистонлик мухлисларга нечта чипта тақдим этилади?  18 14:27Элит ОЧЛ қайтмоқда. Бугун чорак финалга старт берилади  10 13:57Англия топ-клублари "Golden Boy"га даъвогар футболчи учун курашмоқда  1 13:29ЕЧЛ плей-оффида қўшимча таймлардан воз кечилади, дастлабки 8 ўринни эгаллаганлар жавоб учрашувларини уйида қабул қилади  8

Katanec mantiqsiz odammi? Yangiliklar

Katanec mantiqsiz odammi?

Osiyo kubogi saralash bosqichidan oldin matbuot anjumani o'tkazilibdi.

Srechko Katanecning fikrlarini hozirgina o'qidim (anchadan beri futboldan uzoqdaman, bugun bo'lishini bilmagandim rosti). Unda Oqil Abdubarnoev mening 30 may kuni yozganlarim asosida murabbiyga savollar beribdi. Sloveniyalik mutaxassisning o'zini himoya qilish shakllarini etiborimni tortdi. Quyida shu haqda.

1. Azamov haqida so'ralganda, janob Katanec kontr-savol bilan oldinga o'tdilar: Siz "Paxtakor"ning o'yinlarini ko'ryapsizmi? U nechta o'yinda maydonga tushdi?

Bir qarashda murabbiy haqdek ko'rinadi. Lekini bor. Keling, shu mantiq asosida yig'inga chaqirilgan boshqa o'yinchilarni saralab chiqamiz. Darvozabonlardan boshlaylik: Valijon Rahimov — ana xolos!

SHu nuqtada mister Srechkoning o'ziga kontr-savol berilishi mumkin edi: Yaxshi. Unda siz AGMK ishtirokidagi o'yinlarni kuzatyapsizmi? Nega 27 apreldan beri zaxirada qolib ketayotgan Rahimovni chaqirdingiz? 23 may kuni nolga o'ynagan Azamov yo'q? Bu bilan yuqorida o'zingiz aytgan fikrni o'zingiz rad qilib qo'ymayapsizmi?..

2. Bobir Abdixoliqov borasidagi savolga esa shunday javob berilgan: Saralashda yangi futbolchilarni sinab ko'ra olmaymiz. SHuning uchun oldin birga ishlagan o'yinchilarimizni jalb qildik.

Yana murabbiy haqdek ko'rinadi. Keling, yana uning mantig'i asosida tarkibdagi boshqa o'yinchilarni saralab ko'ramiz. SHu nuqtada murabbiyga yana bir qancha savollar paydo bo'ladi: Oston O'runov milliy jamoadagi oxirgi o'yinini qachon o'tkazgani yodingizdami? Akrom Komilov-chi? 

Bilmasangiz, aytishimiz mumkin: Oston 2021 yilning mart oyida, Akrom esa 2019 yilda maydonga tushgan. Yani, Kuper va Karlenovich davrida. Siz yana o'z mantig'ingizni o'zingiz rad qildingiz. 

Xullas, kattaroq jurnalist bo'lsa, Katanecni matbuot anjumani zaliga "ko'mib qo'yishi" mumkin edi...

Men bularni nega yozdim? Faqat bitta sababi bor: yuqorida aytilganidek, janob Srechko o'z principlarini bazi nuqtalarda o'zi buzib qo'yyapti. Bunaqasi oldingi yig'inda ham bo'lgandi. "Navro'z kubogi"da yangi nomlar ko'proq imkon berishini aytib, barcha uchrashuvlarda Eldorni asosiy tarkibda tushurgani yodimda. 

Yana shuni bilamanki, hozir ko'pchilik Katanecning noo'rin tanqid qilinayotgani aytadi. Men esa o'z fikrimda qolaman (Abdixoliqov, Norxonov, G'iyosov va Azamov milliy jamoa libosiga loyiq edi). Bundan tashqari, muvaffaqiyatga qarsakbozlik bilan etib bo'lmasliginiyam eslatib qo'yish kerak. Rivojlanish faqat fikrlar xilma-xilligi va tanqid bor joyda bo'ladi. Bizning qo'limizda hech qanday vakolat yo'q. SHunchaki, to'g'ri yo'l ko'rsatishga harakat qilamiz. 

P.s. Qarang, jurnalist zoti qanchalik g'alati bo'ladi. Million dollar oladigan murabbiy muvaffaqiyatsizlikka uchramasligi, ishidan ayrilmasligi uchun uning xatolarini tekinga ko'rsatib beramiz.

Muallif :
Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика