Karvaxal: "Agar "Santyago Bernabeu"da Pikega xushtak chalishayotgan bo'lishsa, hammamizga chalishadi"
30 avg 2017 13:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/275044_original.jpg)
![](/upload/storage/275044_220.jpg)
Karvaxal: "Agar "Santyago Bernabeu"da Pikega xushtak chalishayotgan bo'lishsa, hammamizga chalishadi"
"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal "Santyago Bernabeu"ga keladigan muxlislarni Ispaniya termasidagi jamoadoshi Xerard Pikega xushtak chalmaslikka chaqirdi.
Ispaniya terma jamoasi "Real" arenasida 2 sentyabr kuni Italiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvini o'tkazadi.
"Muxlislardan Pikega xushtak chalmaslikni so'ragan bo'lardim. Agar "Santyago Bernabeu"da Pikega xushtak chalishsa, demak barchamizga chalishadi. Ammo bu narsa Pikening o'yiniga tasir qiladi deb o'ylamayman" - deydi Karvaxal.
Pike so'nggi yillarda "Real" ishqibozlarining dushmaniga aylanib qolgan. Bunga futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi kesatishlari sabab bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar