Karlos Teves: "Mashg'ulotlarga Ronaldudan oldin kelishning imkoni yo'q edi"
13 apr 2020 06:32
Yangiliklar


Karlos Teves: "Mashg'ulotlarga Ronaldudan oldin kelishning imkoni yo'q edi"
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves "Manchester Yunayted"da o'ynagan paytlari Krishtianu Ronaldu bilan birga o'tkazgan mashg'ulotlari haqida gapirdi.
"U hamma vaqtini sport zalida o'tkazardi. Agar biz ertalabki soat 9da mashg'ulot o'tkazishimiz kerak bo'lsa, men uni ortda qoldirishni xohlardim va 8da bazaga borardim. U esa allaqachon o'sha erda bo'lardi. Men ertalabki 7 yarimda bordim, baribir u mendan oldin kelib bo'lgandi. O'zimga bu yigitni ortda qoldirishning imkoni bormi deb savol berdim. SHundan so'ng bir safar ertalabki soat 6da mashg'ulot (9da boshlanadi)ga borishga qaror qildim. Lekin, u allaqachon o'sha erda edi. Kun hali yorishmagan, lekin u o'sha erda edi", - deya Tevesning so'zlarini keltirdi "TMW".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar