So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  7 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Karantinga yordam. "Lokomotiv" PFK xayrli ishga qo'l urdi Yangiliklar

Karantinga yordam. "Lokomotiv" PFK xayrli ishga qo'l urdi

SHu kunlarda koronavirus vahimasi hech bir davlatni chetlab o'tmayapti.

Yurtimizda 16 martdan karantin elon qilingani hamda barcha sport tadbirlari to'xtatilganidan xabaringiz bor. Bularning barchasi dunyo jamoatchiligi diqqat-markazida bo'lib turgan koronavirusga qarshi samarali kurashish yo'lida qilinmoqda. 

O'zbekistonning ketma-ket uch karra chempioni "Lokomotiv" futbolchilari va murabbiylar shtabi shunday sinovli kunlarda xalqimiz dardiga malham bo'lish maqsadida xayrli ishga qo'l o'rishdi va o'z maoshlarining malum qismini karantinda qolayotgan aholi sog'lig'i uchun ajratishga qaror qilishdi. 

Jamoamiz azolaridan yig'ilgan pullarga qo'shimcha tibbiy niqoblar, tibbiy qo'lqoplar va boshqa kerakli narsalar xarid qilinadi. "Lokomotiv" PFK O'zbekiston aholisini shu kunlarda qiynayotgan global muammoga befarq qarab turmaydi va yurtimizdan koronavirus tezroq daf bo'lishi uchun qo'ldan kelgancha o'z hissasini qo'shadi. 

SHu o'rinda Superliganing boshqa klublarini ham #karantingayordam xeshtegi orqali o'ziga xos akciyaga chorlab qolamiz. Zero bu kasallik faqat koronavirusga chalinganlar muammosi emas, balki hammamiz uchun dolzarb masaladir. 

Umid qilamizki, hali quvonchli kunlar oldinda. Koronavirusni yo'qotish faqat Davlat zimmasidagi ish bo'lib qolmasdan bunga qarshi har bir fuqaro kurash olib borishi lozim. Buning uchun sizdan talab qilinadigani uyda qolish va salomatlik gigienasiga amal qilishdir. 

Ko'chaga chiqmang, uyda qoling va shu orqali koronavirus barham topishida o'z hissangizni qo'shing. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика