Kapello: "Ibragimovich "Milan"ga o'tsa, Italiya qahramoniga aylanadi"
09 noy 2019 19:27
Yangiliklar


Kapello: "Ibragimovich "Milan"ga o'tsa, Italiya qahramoniga aylanadi"
Italiyalik afsonaviy mutaxassislardan biri Fabio Kapello "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning "Milan"ga qaytishi mumkinligi borasidagi savollarga javob berdi.
"Ibragimovich bilan shartnoma imzolash - "Milan" uchun ajoyib bo'lardi. U hali ham jamoani kuchaytira oladigan darajada. Uni yaxshi bilaman. Agarda u "Milan"ga qaytadigan bo'lsa, Italiya uchun qahramonga aylangan bo'lardi", - dedi Kapello.
38 yoshli shveciyalik futbolchi 2010-2012 yillar davomida "Milan" tarkibida 85 o'yinda 56 gol kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar