So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  108 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  11 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Kamoliddin Murzoev: "Katanec Iskanderov haqida? Bu o'zbek futboli va futbolchimizga hurmatsizlik" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Katanec Iskanderov haqida? Bu o'zbek futboli va futbolchimizga hurmatsizlik"

Xabaringiz bor, kecha O'FA anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Sloveniyalik murabbiyning terma jamoaga chaqirilmagan Jamshid Iskanderov borasida bildirgan fikri ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. SHuningdek, mantiqqa to'g'ri kelmaydigan gaplari turli tanqidlarni keltirib chiqardi. O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev ham o'z munosabatini bildirdi. 


Srechko Katanec: "Iskanderov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Ular jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilarga ega"

Eshitdik-da! Katanec Iskanderovni nima uchun bo'lajak yig'inga chaqirmagani malum


- Futbolchilar uyushmasi sifatida terma jamoa murabbiyimizning fikrlariga tanqidiy qarayman. CHunki Jamshid Iskanderov borasida aytgan so'zlari nafaqat o'zbek futbolchilari va futboliga bo'lgan hurmatsizlik, deb o'ylayman. Fikrimcha, Katanec hali o'zbek futboliga katta yutuqlar olib kirgani yo'qki, o'yinchilarimiz haqida bunday gapirsa. Bizning asosiy maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish. Bu yo'lda tabiiyki Avstraliya singari kuchli terma jamoalar raqibimiz bo'ladi. Mazkur uchrashuvlarda o'z rejamiz bo'lmasidan, B reja yani bo'ydor ijrochilarni tushirish noto'g'ri. CHaqirilmagan futbolchiga nisbatan bo'y bilan bog'liq gapni aytishi to'g'ri emasdi. Biz ushbu masala yuzasidan O'FAga o'z munosabatimizni bildirmoqchimiz.


- Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga qandaydir g'ayrioddiy qarash yoki noloyiq degan fikrlarimiz yo'q. Asosiy narsa terma jamoadan tushib qolgan futbolchilarga nisbatan murabbiyning fikrlari. 

- Eldor SHomurodovga kelsak, uning o'zini fikrlarini bilishimiz kerak. Terma jamoaga kelib 2ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish muhimmi yoki klub bilan shug'ullangani. CHunki "Roma"da o'rnini topib ketishi terma jamoamiz uchun foyda bo'ladi. 


- Katanecning Husayinga nisbatan fikri ham noprofessional, deb o'ylayman. Futbolchi o'z jamoasida jamoa o'yini yoki murabbiy talabiga qarab to'p tepadi. Pressingda ko'proq o'ynashini aytishi etikaga ham to'g'ri kelmaydi. Husain "Nasaf" o'yinlarida men ko'proq pressing qilishim kerak degan fikrda o'ynashi kerakmi yoki Berdievga jamoamiz ko'p pressing uyushtirishi kerak deyishimi?Terma jamoaga kimni chaqirish yoki chaqirmaslik murabbiyning ishi. Buni to'g'ri tushunaman

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика