Kamerun terma jamoasi JCH-2014da Xorvatiyaga qarshi o'yinni sotganlikda gumon qilinmoqda
30 iyu 2014 11:48
Yangiliklar
Kamerun terma jamoasi JCH-2014da Xorvatiyaga qarshi o'yinni sotganlikda gumon qilinmoqda
Futbol bo'yicha kelishilgan o'yinlar tashilotchisi, singapurlik Uilson Raj Perumal JCH-2014 guruh bosqichidagi Kamerun – Xorvatiya (0:4) o'yini kelishilganligini aytdi.
Bu haqda Germaniyaning Spiegel nashri xabar bermoqda.
Perumal uchrashuv boshlanishidan bir necha soat avval Facebook’dagi sahifasida o'yin 4:0 hisobida Xorvatiya terma jamoasi g'alaba qozonishi, Kamerun terma jamoasi o'yinchisi esa birinchi bo'limdayoq maydondan chetlatilishini yozgandi.
Natijada o'yin 4:0 hisobida Xorvatiya g'alabasi bilan yakunlandi, Kamerun terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Song esa 40-daqiqada maydondan chetlatildi.
“Kamerun terma jamoasida etti nafar jirkanch o'yinchi bor”, – deya Perumalning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Spiegel nashri.
Ayni vaqtda, FIFAning xavfsizlik masalalari bo'yicha direktori Ralf Myutshke jahon chempionati ishtirokchilariga nisbatan shubhalar yo'qligini malum qildi.
“Bizda hozircha kelishilgan o'yinlarni tasdiqlovchi dalillar yo'q”, – dedi Myutshke Spiegel’ga bergan intervyusida.
Qayd etish joiz, Kamerun terma jamoasi bungacha ham boshqa bir mojaro sabab diqqat markaziga tushgandi – terma jamoa azolari mukofot pullari masalasi hal qilinmasa, JCH-2014ga bormasliklarini malum qilishgandi. Kuni kecha Kamerun prezidenti ushbu holatlar bo'yicha tekshiruv o'tazilishini talab qildi.

Fikrlar