Kalexon La Liga qaytishga yaqin
07 avg 2021 16:34
Yangiliklar
"Xetafe" ikki kundan beri o'yinchining agenti Manuel Garsiya Kilon bilan Michel Gonsalesning yangi loyihasiga qo'shilish borasida muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining "Fiorentina" bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O'yinchi Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 34 yoshli Xose Italiyada 7 yildan buyon to'p tepadi. Futbolchi o'tgan mavsum "Fiorentina" tarkibida A Seriyada 20ta o'yinda maydonga tushdi.
Kalexon o'zining ajoyib yillarini "Napoli"da o'tkazgan. U neapolliklar libosida 349ta o'yinda maydonga tushib, 82ta gol urishga erishgan.
Fikrlar