Yurak xastaligi ortda qoldi: Bove maydonga qaytadi!
27 iyu 17:05
Yangiliklar


Yurak xastaligi ortda qoldi: Bove maydonga qaytadi!
"Roma" yarim himoyachisi Edoardo Bove yuragi bilan bog'liq muammodan so'ng faoliyatini davom ettirishga yaqin turibdi.
Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, testlar Bove to'liq tiklangani va 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab maydonga qaytishi mumkinligini ko'rsatdi. 23 yoshli italiyalikning o'zi ham professional faoliyatini davom ettirishga shay.
Bove 1 dekabr kuni – "Fiorentina"da ijarada o'ynayotgan vaqtida hushini yo'qotib, maydonga yiqilgandi. Uning yuragi bir muddat to'xtab qolgan. Futbolchiga teriosti defibrilyator o'rnatilgan.
Bovening "Roma" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning "Fiorentina"dagi ijara muddati 30 iyun kuni tugaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar