"Fiorentina" xavbeki Bove hushini yo'qotib, maysaga yiqildi va uni tez yordam mashinasida olib kyetishdi. O'yinchilar yig'lashdi, "Inter" bilan o'yin ko'chirildi

Alisher
1 dek 2024, 23:37
Eduardo Bove "Inter" bilan o'yinda hushini yo'qotdi.

"Fiorentina" xavbeki A Seriya doirasidagi o'yinning 17-daqiqasida hushini yo'qotgan holda, maydonga yiqildi.

Shifokorlar o'yinchiga yordam ko'rsatayotganda futbolchilar uni kameradan yashirish uchun o'rab olishdi. Ayrim futbolchilarning ko'zida yoshni ko'rish mumkin edi.

Bir necha daqiqalardan so'ng Boveni tez yordam mashinasida maydondan olib kyetishdi.

O'yin to'xtatildi, futbolchilar maydonni tark etishdi. Keyinroq o'yin boshqa kunga qoldirilgani ma'lum bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport