Superliga. "Nasaf" "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2026, 21:55
"Nasaf" hamda "Bunyodkor" o'rtasida o'tkazilgan bahs yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi. 21-tur

"Nasaf" - "Bunyodkor" 3:0

Qarshi, "Markaziy" stadioni. 20:00
Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
Yordamchi hakamlar: Dilshodbek Jumaniyozov, Quvandiq Do'schanov
Zaxira hakami: Nurjaxon Sulaymonov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Fazliddin Hasanov

Gollar: 1:0 – 14, Abbos G'ulomov (Sharof Muhitdinov); 2:0 – 37, Bekjon Rahmatov; 3:0 – 87, Sharof Muhitdinov

"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov (3.Mashhurbek Abdisoliev, 89), 4.Akromjon Komilov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobur Abdixoliqov (5.G'olib G'aybullaev, 66), 14.Sharof Muhitdinov (76.Zafar Sadullaev, 89), 15.Oybek Rustamov, 18.Bekjon Rahmatov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 45), 70.Abbos G'ulomov, 77.Paata Gudushauri (20.Yusuf Otubanjo, 66), 92.Umarbek Eshmurodov

Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 34.Asadbek Ramilov, 40.Behruz Soatov, 80.Davronbek Usmonov

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev (44.Alijon Bekmurotov, 79), 13.Muhammad Hakimov, 14.Shahzodjon Nematjonov (20.Abdulfayz Bobomurodov, 79), 18.Narimonjon Ahmadjonov (42.Abdulhamid Ikromov, 88), 21.Nosirjon Abdusalomov, 31.Abdurahmon Sulaymonov (88.Mirkomil Annamatov, 56), 45.Shamsiddin Tursunmahamadov (39.Faxriddin Muhammadov, 56), 74.Ivan Bukrin

Zaxira: 22.Muhammadyusuf Sobirov, 19.Mirkomilbek Murodov, 33.Eldor Naimov, 97.Muhammadali Adhamov

Ogohlantirishlar: Abbos G'ulomov (21), Mirkomil Annamatov (57)

🏁 90+4' Uchrashuv yakunlandi! Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida "Bunyodkor"ni 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi.

⏱ 90' Bosh hakam tomonidan uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 89' "Nasaf" tarkibida birdaniga ikki almashtirish: Sharof Muhitdinov hamda Alibek Davronov maydonni tark etdi, ularning o'rniga Dilshod Komilov va Dilshod Ahmadaliev uchrashuvga qo'shildi.

🔄 88' "Bunyodkor" safida navbatdagi o'zgarish: Nodirxon Habibullaev o'rniga maydonga Bahrom Abdurahimov tushdi.

⚽ 87' GOL! "Nasaf" hisobni yiriklashtirmoqda! Sharof Muhitdinov jarima maydoni ichida havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan, chiroyli tarzda raqib darvozasiga yo'lladi – 3:0.

🔄 79' "Bunyodkor" tarkibida birdaniga ikki o'zgarish: Shahzodjon Nematjonov va Sardor Abdunabiev o'rniga maydonga Abdulfayz Bobomurodov hamda Alijon Bekmurotov tushdi.

⚠️ 76' Xavfli vaziyat! Zafarmurod Abdirahmatovning o'ng qanotdan etkazib bergan uzatmasidan so'ng Yusuf Otubanjo jarima maydoni ichidan ikki bor darvoza tomon zarba berdi. Har ikkala zarbani ham "Bunyodkor" himoyachisi Muhammad Hakimov bartaraf etishga erishdi.

68' "Nasaf" futbolchisi Oybek Rustamovning darvoza tomon yo'llagan zarbasini "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abduljalilov qiyinchiliksiz egallab oldi.

🔄 66' "Nasaf" tarkibida birdaniga ikki o'zgarish: Paata Gudushauri va Bobur Abdixoliqov o'rniga maydonga Yusuf Otubanjo hamda G'olib G'aybullaev tushdi.

63' "Bunyodkor" yarim himoyachisi Amir To'raqulovning darvoza tomon yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

61' "Nasaf" hujumchisi Bobur Abdixoliqov chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p nishonga aniq bormadi.

⚠️ 58' Xavfli vaziyat! Sharof Muhitdinovning standart vaziyatdan yo'llagan jarima zarbasi raqib o'yinchisiga tegib, rikoshet holatida darvoza burchagiga yo'naldi. "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abduljalilov mahorat ko'rsatib, xavfni bartaraf etdi.

🟨 57' "Bunyodkor" futbolchisi Mirkomil Annamatov Paata Gudushaurini ortdan chalib yiqitgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 56' "Bunyodkor" jamoasi safida birdaniga ikki o'zgarish: Abdurahmon Sulaymonov va Shamsiddin Tursunmahamadov o'rniga maydonga Mirkomil Annamatov hamda Fahriddin Muhammadov tushirildi.

53' "Bunyodkor" futbolchisi Amir To'raqulov olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

⚠️ 51' Xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchilarining o'ng qanotdan uzatgan to'pini Bobur Abdixoliqov jarima maydoni ichida bosh bilan ikki bor darvozaga yo'lladi. Dastlabki zarbani raqib posboni qaytargan bo'lsa, takroriy urinishni "Bunyodkor" himoyachisi bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

🏁 46' Ikkinchi bo'lim boshlandi.

⏸ 45+3' Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar 2:0 hisobida mezbonlar foydasi bilan tanaffusga yo'l olishmoqda.

⏱ 45' Bosh hakam tomonidan birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 45' "Nasaf" tarkibida majburiy o'zgarish. Bekjon Rahmatov olgan jarohati sababli uchrashuvni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. Uning o'rniga maydonga Yashnarbek Berdirahmonov tushdi.

⚠️ 43' Xavfli vaziyat! "Bunyodkor" yarim himoyachisi Amir To'raqulov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi. "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov ajoyib seyv ijro etib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

40' "Bunyodkor" futbolchisi Amir To'raqulov Bekjon Rahmatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jabrlangan "Nasaf" vakiliga maydon tashqarisida shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

⚽ 37' GOL! "Nasaf" jamoasining ketma-ket xavfli hujumlari gol bilan yakunlandi. Dastlabki zarba darvoza to'sinidan qaytgan bo'lsa, takroriy zarbani himoyachilar bartaraf etishdi. Qaytgan to'pni Bekjon Rahmatov darvoza to'riga aniq yo'llab, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

⚠️ 35' Xavfli vaziyat! "Bunyodkor" himoyachisi Ivan Bukrin o'z jarima maydoni yaqinida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni egallab olgan Bobur Abdixoliqov jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.

31' "Bunyodkor" hujumchisi Shahzodjon Nematjonov raqib jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq zarba kuchsiz chiqdi va "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov to'pni ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi.

⚠️ 30' Xavfli vaziyat! "Nasaf" vingeri Paata Gudushauri bir necha raqib himoyachilarini ortda qoldirib, jarima maydoni ichiga yorib kirdi. Biroq uning yakuniy zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi va xavf bartaraf etildi.

🥤 25' Havo harorati yuqori bo'lgani sababli bosh hakam tomonidan futbolchilarga salqinlanib olish uchun qisqa tanaffus berildi.

🟨 21' "Nasaf" futbolchisi Abbos G'ulomov Amir To'raqulovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi va sariq kartochka oldi.

⚽ 14' GOL! Sharof Muhitdinovning burchak zarbasidan etkazib bergan uzatmasini Abbos G'ulomov bosh bilan raqib darvozasiga aniq yo'llab, hisobni ochdi – 1:0.

11' "Nasaf" futbolchisi Bobur Abdixoliqov jarima maydoni ichida bosh bilan zarba yo'lladi. Biroq uning urinishi noaniq chiqdi.

7' "Nasaf" futbolchisi Bekjon Rahmatov jarima maydoni tashqarisidan darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⚠️ 4' Xavfli vaziyat! "Nasaf" hujumchisi Bobur Abdixoliqov raqib jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

🏁 1' Uchrashuv boshlandi. Mazkur bellashuvda "Nasaf" futbolchilari qizil, "Bunyodkor" vakillari esa oq rangli liboslarda harakat qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia