"Milan" 3 futbolchini sotib olmadi va jamoasiga qaytarib yubordi
28 iyu 17:45
Yangiliklar


"Milan" 3 futbolchini sotib olmadi va jamoasiga qaytarib yubordi
"Milan" matbuot xizmati klub Joau Feliks, Rikardo Sottil hamda Kayl Uoker bilan hayrlashganini elon qildi.
Italiya klubi ushbu futbolchilar bilan ijara muddatini uzaytirmadi va sotib olmaydigan bo'ldi.
Feliks fevral oyida "Chelsi"dan ijaraga olingandi. Shu davr mobaynida u 21 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Uoker ham qishda ijaraga olingandi. "Manchester Siti"ga tegishli futbolchi A Seriyaning 11 o'yinida qatnashdi va 1ta sariq kartochka ishlab oldi.
Sottil "Fiorentina"dan ijaraga olindi. 26 yoshli yarim himoyachi 8 o'yinda qatnashdi, biroq sermahsullik qayd eta olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar