Jorjino: "Meni Sarrining o'g'li deb atashayotgandi. Endi ECHL va Evropa ligasi g'olibiman"
02 sen 2021 00:29
Yangiliklar
Jorjino: "Meni Sarrining o'g'li deb atashayotgandi. Endi ECHL va Evropa ligasi g'olibiman"
"Neapolni tashlab ketish men uchun og'ir bo'lgandi. "CHelsi"dagi faoliyatim boshlanganidan keyin ushbu shaharni sog'ina boshladim.
O'shanda menga qanday munosabatda bo'lishgani barchamizning yodimizda, to'g'rimi? Sekin edim, kuchsiz edim. Sarrining o'g'li deyishardi. Bu esa meni tashvishlantirardi.
Ammo, meni eshiting, o'shanda noto'g'ri baho bergansiz. "Verona"da o'ynayotganimda meni jamoada ko'rishni istashmagan va 4-ligaga ijaraga berib yuborishgandi. Hech kimga kerak emasdim. Biroq ishlashda davom etdim va hurmatga sazovar bo'ldim. "Verona"ga qaytdim va birgalikda A Seriyaga chiqdik.
"Napoli"da og'ir mavsum o'tdi. Sarri kelganidan keyin esa barchasi o'zgardi. "CHelsi"da o'tgan ishlar esa shunchaki bir bo'shliq. Ko'plab tanqidlarni eshitardim. O'shanda: "Ular hali uyalib qoladi", deb harakat qilardim.
Hozir esa bu erda Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi sohibi sifatida o'tiribman. Endi ushbu tanqidlar uchun bir so'z aytaman holos: rahmat. Barchaga rahmat", - dedi Jorjino.
Fikrlar