Jiru Evrokuboklarda gol urish borasida francuzlar ichida rekord o'rnatdi

30 may 2019, 07:30
Futbolchi “Arsenal” darvozasiga Yevropa Ligasi finalida gol urdi.

Bu Jiru uchun Yevropa Ligasining 2018/19 yilgi mavsumidagi 11-gol bo'ldi. Natijada Olive Evrokuboklarda francuzlarning bir mavsumda eng ko'p gol urishi borasida o'rnatilgan rekordni yangiladi. Francuz futbolchilari o'rtasidagi avvalgi rekord 1958/59 yilgi mavsum “Reyms” a'zosi Jyust Fonten tomonidan o'rnatilgandi. O'shanda futbolchi 10 ta gol urishga erishgandi.

Shuningdek Jiru ingliz klubi safida Evrokuboklar doirasida 2004/05 yilgi mavsumdan beri 11 ta gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi. O'shanda Alan Shirer bunday natijaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta