⚡️ JCH-2022. Bugun O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Evropa vice-chempioniga qarshi o'ynaydi (+jadval va LINK)
02 okt 2022 08:15
Yangiliklar


⚡️ JCH-2022. Bugun O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Evropa vice-chempioniga qarshi o'ynaydi (+jadval va LINK)
Turkiyada 17-jahon chempionatining ilk tur bahslari yakunlandi.
Vakillarimiz dastlabki o'yinda Evro-2021 bronza medali sohibi Polshani 3:1 hisobida taslim etishga erishdi. Bugun, 2 oktyabr kuni Rustam Mehmonov shogirdlari musobaqadagi 2-tur uchrashuvini o'tkazadi. Raqib Evropa vice-chempioni Ispaniya TJ bo'ladi. Bo'lajak bahs Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, ispanlar ilk turda Tanzaniya bilan nursiz durang o'ynashdi – 0:0.
JCH-2022. 2-tur
15:00, Ispaniya – O'zbekiston
"TFF Riva Facility" maydoni, Istanbul
Jonli efirda ko'rish LIVE
"E" kvartetidagi holat
O’xshash yangiliklar

Fikrlar